Evtanaziya Cherkovi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Evtanaziya Cherkovi Chris Korda asos solgan amerikalik dadaistik tashkilotdir. Cherkov saytida tashkilotning maqsadi Yer sayyorasida yashovchi odamlar va boshqa hayvonot orasidagi muvozanatni tiklash ekanligi taʼkidlanadi. Cherkov aʼzolari qora yumordan foydalanib, aholi koʻpligi muammosini jamoatga yetkazishga harakat qilishadi. Shuningdek Evtanaziya Cherkovi AQSh’dagi abortga qarshi harakatlar bilan kelishmovchiliklarga uchragan.

Gʻoya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Evtanaziya Cherkovida faqat bitta Amr bor: „Nasl qoldirma“. Bundan tashqari yana toʻrtta ixtiyoriy amrlar ham bor, ular xudkushlik, abort, odamxoʻrlik (faqat murdalarni yeyish, yaʼni qotillik qilmay) va sodomiya (bola koʻrishga olib kelmaydigan har qanday seks) qilishni buyuradi.

Evtanaziya Cherkovi mashhur „Save the planet — kill yourself“ (inglizchadan „Sayyorani qutqar — oʻzingni oʻldir“) shiorining muallifi hisoblanadi.

Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aksar tanqidchilar Evtanaziya Cherkovi atayin xristianlik gʻoyalarini mazax qiladi, deyishadi[1].

Shuningdek[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]


Ilovalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. http://www.christiangallery.com/springer.html