Evriterm organizmlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Evriterm organizmlar (evri... va yun. 1yeggpe — issiq) — muhit haroratining keng miqyosda oʻzgarishiga chidamli, odatda, keng tarqalgan organizmlar. Evritermlilik organizmning chidamligi yoki organizm faol termoregulyatsiya mexanizmlari (hayvonlarda, bundan tashqari, xattiharakat) bilan bogʻliq. Birinchi holat poykiloterm hayvonlar uchun xos boʻlib, sitoplazmaning kimyoviy tarkibi, fermentlarning issiqlikka chidamligi, hayvonlar faolligi va tana haroratining muhit haroratiga qarab keng miqyosda oʻzgarishi xususiyati bilan, ikkinchi holat ichki muhitda haroratni boshqaruvchi mexanizmlar mavjudligi bilan bogʻliq. Bunday moslanish gomoyoterm hayvonlar uchun xos