Even Hovland

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Even Hovland
Hovland 2014-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Even Hovland
Tavallud sanasi 14-fevral 1989-yil (1989-02-14) (35 yosh)
Tavallud joyi Vadheim, Norvegiya
Boʻyi 1.90 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Häcken
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Vadheim
Høyang
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007-2011 Sogndal 93 (10)
2012-2014 Molde 51 (3)
2014-2017 1. FC Nürnberg 71 (4)
2017-2018 Sogndal 10 (0)
2018-2021 Rosenborg 102 (9)
2022- Häcken 30 (4)
Milliy terma jamoa
2009-2010 Norvegiya U21 6 (0)
2012- Norvegiya 29 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 8-noyabr uchun)

Even Hovland (talaffuzi: Even Xovland; 1989-yil 14-fevralda tugʻilgan) — norvegiyalik professional futbolchi, Häcken va Norvegiya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi[1].

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshligida Hovland mahalliy „Vadheim IL“ va IL Høyang klublarida oʻynagan, 2007-yilda „Sogndal“ga qoʻshilgan. Hønefossga qarshi 2009-yilgi mavsumning ochilish oʻyiniga tayyorgarlik paytida Hovland oyogʻini sindirib oldi va deyarli butun mavsumni oʻtkazib yubordi. 2009—2010-yillarda Hovland „Manchester United“ bilan shartnoma tuzmoqchi boʻlgan, ammo amalga oshirilmagan[2].

Hovland 2012-yilgi mavsum oldidan Molde FKga qoʻshildi. 2012—2013-yilgi UEFA Chempionlar ligasi saralash bosqichida „Basel“ ga qarshi oʻyinda jarohat oldi va 25-daqiqadan soʻng maydonni tark etishga majbur boʻldi. Tizzasidagi jarohati tufayli 2012-yilgi mavsumning qolgan qismida oʻynay olmadi[3][4].

2014-yil 14-iyunda Molde rahbariyati Hovland Germaniyaning 1. FC Nürnberg klubi bilan uch yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[5]. 2017-yil 11-sentyabrda Hovland Nürnbergdan Sogndal klubiga oʻtdi. „Sogndal“da 2020-yilgacha shartnoma imzolagan edi[6].

2018-yilning 4-aprelida Rosenborg Hovland klub bilan uch yarim yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[7].

2021-yil 28-dekabrda Hovland Häcken bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilning 11-oktyabrida Hovland Norvegiya terma jamoasining Yevro-2012 saralashi doirasidagi Kiprga qarshi oʻyiniga tarkibga kiritildi. Chunki Brede Hangeland sariq kartochkalari tufayli diskvalifikatsiya qilingan edi[8]. Hovland 2012-yilning 15-yanvarida Daniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (1:1) professional terma jamoasi safida debyut qildi[9]. 2012-yil 29-fevralda Norvegiyaning Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan bir kun oldin Hovland yana Norvegiyaga Brede Hangeland o‘rniga chaqirildi, biroq Hovland o‘sha kuni Ispaniyada „Molde“ bilan mavsumoldi o‘yinlarini o‘tkazayotganligi uchun bora olmadi[10].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hovlandning singlisi Stine Hovland ham xalqaro toifadagi futbolchi[11], amakivachchasi Viktor esa xalqaro toifadagi golfchi.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

27-avgust, 2022-yil holatiga koʻra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Diviziya Liga Kubok Yevropa Jami
Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Sogndal 2007 Adeccoligaen 28 1 0 0 - 28 1
2008 17 1 1 0 - 18 1
2009 2 0 0 0 - 2 0
2010 24 6 4 1 - 28 7
2011 Tippeligaen 22 2 4 1 - 26 3
Jami 93 10 9 2 - 102 12
Molde 2012 Tippeligaen 18 1 3 1 4 0 25 1
2013 24 1 5 1 5 0 34 2
2014 9 1 1 0 0 0 10 1
Jami 51 3 9 2 9 0 69 4
1. FC Nürnberg 2014—2015 2. Bundesliga 25 1 0 0 - 25 1
2015—2016 26 2 2 0 - 28 2
2016—2017 20 1 1 0 - 21 1
Jami 71 4 3 0 - 74 4
Sogndal 2017 Eliteserien 9 0 0 0 - 9 0
2018 OBOS-ligaen 1 0 0 0 - 1 0
Jami 10 0 0 0 - 10 0
Rosenborg 2018 Eliteserien 27 0 4 0 13 1 44 1
2019 28 5 3 1 14 0 45 6
2020 18 2 0 0 2 1 20 3
2021 20 2 3 1 6 0 38 3
Jami 102 9 10 2 35 2 147 13
Häcken 2022 Allsvenskan 30 4 3 2 0 0 23 5
Jami 20 3 3 2 0 0 23 5
Jami faoliyati 347 29 34 8 44 2 425 39

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Molde

Rosenborg

  • Eliteserien: 2018
  • Norvegiya kubogi: 2018

BK Häcken

Individual

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Hovland klar for Rosenborg“ (no). rbk.no. Rosenborg BK (2018-yil 4-aprel). Qaraldi: 2018-yil 5-aprel.
  2. „Ingen kontrakt med United“ (no). nrk.no. NRK (2010-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2011-yil 11-noyabr.
  3. „Hovland ute resten av sesongen“ (no). Norwegian News Agency. tv2.no (2012-yil 13-avgust). Qaraldi: 2012-yil 13-avgust.
  4. „Hovland ute resten av sesongen“ (no). Dagbladet (2012-yil 13-avgust). Qaraldi: 2012-yil 13-avgust.
  5. „Even Hovland er klar for FC Nürnberg“ (no). moldefk.no. Molde FK (2014-yil 14-iyun). 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-iyun.
  6. „Even kjem heim!“ (no). sogndalfotball.no. Sogndal Fotball (2017-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 11-sentyabr.
  7. „Hovland klar for Rosenborg“ (no). rbk.no. Rosenborg BK (2018-yil 4-aprel). Qaraldi: 2018-yil 5-aprel.
  8. „Drillo tok ut Even Hovland: – Han er en kapteinstype“ (no). tv2.no. TV2 (2011-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2011-yil 11-noyabr.
  9. „Her er situasjonen som irriterer debutant Hovland“ (no). vg.no. VG (2012-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 16-yanvar.
  10. „Reginiussen kalt inn i landslagstroppen“ (no). dagbladet.no. Dagbladet (2012-yil 28-fevral). Qaraldi: 2012-yil 29-fevral.
  11. Petersen Kalleklev, Helge Johan. „Stopperprofilens «ukjente» landslagslillesøster“ (no). TV 2 (Norway) (2018-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 1-iyun.