Evangelos Marinakis
| Evangelos Marinakis | |
|---|---|
|
Marinakis (2021-yil) | |
| Tavallud sanasi | 30-iyul 1967-yil |
| Tavallud joyi | Pirey (Gretsiya), Gretsiya |
| Fuqaroligi | Yunoniston |
| Kompaniya |
Capital Group[1] Olympiacos[2] Nottingham Forest[2] Alter Ego Media S.A.[3] City councillor, Piraeus[4] |
Evangelos „Vangelis“ Marinakis (Ευάγγελος (Βαγγέλης) Μαρινάκης, 1967-yil 30-iyulda tugʻilgan) – dengiz transporti, ommaviy axborot vositalari va futbol sohalarida faoliyat yurituvchi bir qator kompaniyalarning asosiy hissadori boʻlgan yunonistonlik tadbirkor va investordir. Marinakis Krit orolidan boʻlgan, kemasozlik kompaniyasi egasi va siyosatchi Miltiadis Marinakisning oʻgʻlidir. U 2005-yilda „Capital Maritime & Trading Corp“ kompaniyasini tashkil etish orqali Yunoniston kema sanoatiga kirib keldi. 2010-yilda esa Yunonistonning „Olimpiakos“ futbol jamoasining nazorat paketini sotib olib, uning prezidenti boʻldi[5].
Marinakis 2014-yilda „Πειραιάς Νικητής“ („Pirey Gʻolibi“) partiyasidan Pirey shahrining munitsipal kengash aʼzosi etib saylandi va 2019-yilda qayta saylandi[6][7]. U 2017-yilda Angliyaning Nottingem Forest futbol klubini sotib oldi[8]. 2016-yilda Marinakis Alter Ego Media S. A. orqali Gretsiya ommaviy axborot vositalari sohasiga kirib, 2017-yilda mazkur kompaniya Lambrakis Press Group (DOL)ni oʻz tasarrufiga oldi[9].
Marinakis ham dengiz transporti, ham futbol sohalarida tanilgan shaxs hisoblanadi. Lloyd’s roʻyxati uni 2010-yildan beri „Dengiz transporti sohasidagi eng taʼsirli yuz kishi“ roʻyxatiga kiritib kelmoqda va 2024-yilgi roʻyxatda u 16-oʻrinni egalladi[10].
Marinakis koʻproq futboldagi sezilarli ishtiroki bilan tanilgan boʻlib, bu faoliyati turli bahsli ayblovlar, jumladan oʻyinlarni kelishib olish va hakamlarga taʼsir oʻtkazish kabi masalalar bilan bogʻlangan. Biroq, u shu kabi barcha ishlarda oqlangan. 2018-yilda Marinakis „Noor 1“ kemasi ishiga ham aloqadorlikda gumon qilingan, ammo yetarli dalillar topilmagani sababli barcha ayblovlardan ozod etilgan. Marinakisning Yunoniston sport, siyosat va biznes doiralaridagi faoliyati uning „yunon oligarxi“ deb nomlanishiga sabab boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „59 Evangelos Marinakis, Capital Group“. Lloyd's list (2019-yil 13-dekabr).
- ↑ 2,0 2,1 TNH stuff. „Extensive Wall Street Journal Article Features Vangelis Marinakis“. THE NATIONAL HERALD (2024-yil 29-may).
- ↑ „Shipping magnate Marinakis acquires 6% of Terna Energy“. OT. Οικονομικός Ταχυδρόμος (2021-yil 24-aprel).
- ↑ „Marinakis calls on Piraeus residents to unite after Moralis' re-election“. in.gr (2019-yil 3-iyun). Qaraldi: 2019-yil 24-iyul.
- ↑ „Ο «κόκκινος» καπετάνιος“ (el). ProtoThema (2010-yil 30-may). Qaraldi: 2024-yil 4-sentyabr.
- ↑ „Marinakis sworn in as city councilor“ (en). TradeWinds | Latest shipping and maritime news (2014-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 4-sentyabr.
- ↑ „Δήμος Πειραιά: «Σάρωσε» σε ψήφους ο Βαγγέλης Μαρινάκης“ (el). ProtoThema (2019-yil 27-may). Qaraldi: 2024-yil 4-sentyabr.
- ↑ Club, Nottingham Forest Football „Nottingham Forest FC“. Nottingham Forest Football Club. Qaraldi: 2024-yil 4-sentyabr.
- ↑ London (undefined), Harry Papachristou in Athens and Nick Roumpis in „Marinakis wins Greek TV licence“ (en). TradeWinds | Latest shipping and maritime news (2016-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 4-sentyabr.
- ↑ „One Hundred Edition Fifteen“. Lloyd's List. Qaraldi: 2025-yil 19-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda Evangelos Marinakis haqida turkum mavjud |
- Kishilar
- 30-iyulda tugʻilganlar
- 1967-yilda tugʻilganlar
- Pirey (Gretsiya)da tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha tadbirkorlar
- Olympiacos F.C. prezidentlari
- Nottingham Forest F.C.
- Gretsiya futbol klublari raislari va sarmoyadorlari
- Angliya futbol klublari raislari va sarmoyadorlari
- Gretsiyalik metsenatlar
