Kontent qismiga oʻtish

Eva Rivas

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Eva Rivas
Tavalludi Valeria Alexandrovna Reshetnikova-Tsatouryan
1987-yil 13-iyul (1987-07-13) (39 yosh)
Janrlar Pop
Faoliyat yillari 1994–hozirgacha
Fuqaroligi Armaniston

Valeriya Aleksandrovna Reshetnikova-Tsatouryan (armancha: Վալերիա Ռուստետնիկովա-Ծատուրյան, ruscha: Валерия Александровна Решетникова-Цатурян; 1987-yil 13-iyulda tugʻilgan) — Eva Rivas taxallusi tanilgan rossiyalik arman xonandasi. U „Apricot Stone“ qoʻshigʻi bilan Armaniston nomidan „Eurovision–2010“ tanlovida ishtirok etgan. 2014-yilda Eva Rivas „The Voice of Armenia“ koʻrsatuvining uchinchi mavsumida hakam sifatida faoliyat yuritgan[1].

Eva Rivas Rossiyaning Rostov-Don shahrida arman onadan hamda rus va yunon kelib chiqishiga ega otadan tugʻilib voyaga yetgan. U oʻzining sahna taxallusi — Eva Rivasni yunon millatiga mansub katta buvisidan olgan. Rostov-Donda ulgʻaygan davrida Rivas „Arevik“ arman ansambli tarkibida qoʻshiq kuylagan[2].

2010-yil 14-fevralda Eva Rivas Armaniston milliy saralash tanlovida gʻolib chiqib, „Apricot Stone“ qoʻshigʻi bilan Armaniston nomidan „Eurovision–2010“ tanlovida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan[3]. U yarim finalda oltinchi oʻrinni egallab, final bosqichiga yoʻl olgan. Finalda 21-raqam ostida sahnaga chiqib, 141 ball bilan yettinchi oʻrinni egallagan[4]. Oʻsha yili qoʻshigʻini targʻib qilish maqsadida Rivas tanlovdan oldin Yevropaning bir qator mamlakatlariga tashrif buyurgan.

U Armaniston nomidan „Eurovision–2012“ qoʻshiq tanlovida ham ishtirok etishni istagini bildirgan, biroq yakunda Armaniston oʻsha yilgi tanlovda qatnashmagan[5].

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nomi Yil Chartdagi eng yuqori natijasi
SWI
„Apricot Stone“ 2010 54
  1. „"Հայաստանի ձայնը-3". Եվա Ռիվասը գտավ իր "քրոջը"“. style.news.am.
  2. Eva Rivas Biography.
  3. Brey, Marco „Eva Rivas to represent Armenia!“. EBU (2010-yil 14-fevral). Qaraldi: 2010-yil 14-fevral.
  4. „Scoreboard: Eurovision Song Contest 2010 Final“. Eurovision.tv. Qaraldi: 2011-yil 22-may.
  5. „Pick me again: Eva Rivas reveals Eurovision 2012 ambition - Arts and Culture“. ArmeniaNow.com. 2014-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 12-avgust.