Eugène Delacroix
Qiyofa
| Eugène Delacroix | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi | 26-aprel 1798[1] |
| Vafoti | 13-avgust 1863[2] |
| Fuqaroligi | Fransiya |
| Otasi | Charles-François Delacroix |
Ferdinand Victor Eugène Delacroix (talaffuzi: Ferdinand Viktor Ejen Delakrua (1798-yil 26-aprel, Sen-Moris, Parij yaqinida — 1863-yil 13-avgust, Parij) — fransuz rassomi, progressiv romantizmning yirik namoyandasi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]D. ijodida yangi usullarni dadil qoʻllab toʻyingan koloritga, dadil boʻyoq surtmasi, yorqin nursoya keskinligiga ega boʻlgan rangtasvir tizimini yaratdi; asarlarida erksevarlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan faol harakat va joʻshqin ruhni aks ettirdi ("Barrikadada Ozodlik", 1830). D.ning boy ijodiy fantaziyasi, ehtirosi Sharq mavzuidagi tarixiy va klassik hamda zamonaviy adabiy asarlarga ishlagan kartinalarida aniq namoyon boʻldi ("Jazoirlik ayollar", 1833—34; "Marokkodagi yahudiycha toʻy", 1839 va b.)[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑
„Eugène Delacroix“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (D-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiiqtibosda Eugène Delacroixga tegishli iqtiboslar mavjud. |
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |