Etnik antropologiya va irqshunoslik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Etnik antropologiya va irqshunoslik — antropologiyaiing odamzod irqlarining kelib chiqish tarixi, sabablari va Yer yuziga tarqalishi hamda xalqlarning antropologik tarkibini oʻrganuvchi sohasi. Millat va irq, odamzod turlarining birligi, monogenizm va poligenizm, odamzod guruhlari va uning tarkiban antropologik bir xillik darajasini aniklash, irqlarning klassifikatsiyasi, dunyo xalqlarining antropologik sostavi, paleoantropologiya va politsentrizm hamda monotsentrizm nazariyalari, irqlarning hozirgi davrda tarqalishi va odamzod birligi, irqiy belgilarning oʻzgaruvchanligi, irqlarning qorishuvi masalalari ustida ish olib boradi.