Estoniyada Islom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Estoniyada amalga oshirilgan 2011-yildagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, oʻzini musulmon deb tanishtirganlar soni 1508 kishini tashkil qilgan. Biroq, turli tadqiqotlar va manbalarga koʻra, Estoniyadagi musulmonlar soni ancha koʻp, yaʼni 10 000 [1] dan 20 000 kishigacha.

Maʼlumot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi musulmonlar, asosan, sunniy tatarlar va shia ozarbayjonlari ancha vaqt ilgari, 1721-yilda Livoniya va Estoniyaning Rossiya imperiyasiga qoʻshilishi bilanoq Estoniyaga koʻchib oʻtishgan. 1860-yildan boshlab tatar jamiyati aʼzolari oʻsha paytda Narva shahrining markazida faollasha boshladilar.

Biroq bugungi musulmonlarning katta qismi va ularning avlodlari Estoniyaga sovet davrida (1940-1991) kelgan odamlardir. Birinchi musulmon tashkiloti — „Narva Muhamedi Kogudus“ mustaqil Estoniya Respublikasi qonunlariga muvofiq 1928-yilda, ikkinchisi — „Tallinna Muhamedi Usuühing“ 1939-yilda roʻyxatga olingan. Narvada joylashgan va jamoat tomonidan xayriya sifatida olingan mablagʻlarga qurilgan uy masjidga aylantirildi. Biroq 1940-yilda Sovet hokimiyatining kelishi bilan musulmonlarga u yerda yigʻilish taqiqlangan va 1944-yili Ikkinchi Jahon urushida shaharni bombardimon qilish chogʻi bino ham butunlay vayron boʻlgan. [2]

Ayni paytda Estoniyada bitta masjid faoliyat koʻrsatmoqda. [3]

2008-yilning kuzida Arab Amirliklaridan birining hukmdori Sulton bin Muhammad al-Qosimi Tallin shahar hokimiyatiga masjid va mahalliy musulmonlar uchun madaniy markaz qurishga yer ajratish iltimosi bilan murojaat qildi. [4] Ammo Tallinda masjid qurish to‘g‘risida haligacha biror qaror yo‘q. [5]

Estoniyadagi turli etnik guruhlar musulmonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]