Kontent qismiga oʻtish

Estádio Municipal de Braga

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Municipal Stadium of Braga
A Pedreira
Toʻliq nomi Estádio Municipal de Braga
Manzili Braga, Portugaliya
Koordinatalari 41°33′45″N 8°25′48″W / 41.56250°N 8.43000°W / 41.56250; -8.43000
Sigʻimi 30,286[1]
Maydon oʻlchami 105 m × 68 m (344 ft × 223 ft)
Chim turi Tabiiy chim
Konstruksiya
Qurilgan 2003 (22 yil avval) (2003)
Ochilgan 30-dekabr, 2003-yil (21 yil avval) (2003-12-30)
Qurilish qiymati €108.1 million
Arxitektor Eduardo Souto de Moura
Strukturaviy muhandis AFA Associates
Bosh pudratchi ACE
Asosiy pudratchilar Tensoteci, Soares da Costa, ASSOC, ACE, DMI, Rodrigues Gomes & Associados, AFA Associados, Cêgê, Gerisco, RWDI
Ijarachilar
Sporting Clube de Braga (2003–hozirgacha)
Portugaliya (tanlangan oʻyinlar)

Municipal Stadium of Braga (portugalcha: Estádio Municipal de Braga) – Portugaliyaning Braga shahrida joylashgan va hozirda Sporting Clube de Braga jamoasining uy maydoni hsiblanadi. Stadionning barcha sektorlari toʻliq oʻrindiq bilan jihozlangan. Stadion 30 286 tomoshabinni sigʻdira oladi, bu koʻrsatkich boʻyicha Portugaliyadagi yettinchi eng katta futbol stadion hisoblanadi. Stadionni portugaliyalik meʼmor Eduardo Souto de Moura loyihalagan boʻlib, qisman shu loyiha uchun Pritsker arxitektura mukofotiga sazovor boʻlgan.

A Pedreira (Karer) taxallusi berilgan bu stadion, janubiy tomondan tepalik yoniga qurilganligi sababli shunday nomlanadi. Stadion 2003-yilda UEFA Yevro-2004 musobaqasi uchun qurilgan edi.

Stadion qurish loyihasi 2000-yilda arxitektor Eduardo Souto Moura tomonidan ishlab chiqilgan[2]. 5-iyunda Braga munitsipal kengashi tomonidan 2004-yilgi Yevropa chempionatlari uchun yangi stadion qurish dasturi boshlangan. 2002-2003-yillarda stadion qurilgan. Katta toshlalrni koʻchirish jarayoni yakuniy 108,1 million yevrolik xarajatga katta hissa qoʻshgan[3], Yevro-2004 uchun qurilgan oʻnta yangi stadion ichida Estádio da Luz (sigʻimi: 64,642) va Estádio do Dragão (sigʻimi: 50,033) dan keyin uchinchi eng qimmat stadion. „Sporting Braga“ va „Selta Vigo“ oʻrtasidagi futbol oʻyini 2003-yil 30-dekabrda stadionning ochilish marosimini oʻtkazgan.

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Karerning yuzi va yon tomondagi ustunlar, poʻlat arqonli soyabonni koʻrsatadi
Stendlar va konsessiyaga xizmat koʻrsatadigan yoʻlak va zinapoyalarning koʻrinishi

Stadion Monte-do-Kastro togʻining shimoliy yonbagʻrida, Dume sport majmuasida, shahar chekkasidagi alohida hududda joylashgan. Stadion Monte-do-Kastro tosh konida yaqinida qurilgan. Maydonning ikki tomonida tomoshabinlar uchun tribuna qurilgan, darvozalardan birining orqa tomoni esa tosh konining qoya devorlaridan oʻyib yasalgan. Qarshi tomondagi darvoza orqasida shahar manzarasi koʻzga tashlanadi. Har bir tribuna soyabonsimon tom bilan qoplangan va oʻnlab poʻlat arqonlar bilan bir-biriga bogʻlangan. Bu dizayn qadimgi Janubiy Amerika inkalarining koʻpriklaridan ilhom olingan holda yaratilgan. Tribunalar orasida harakatlanish maydon ostidagi 5000 kvadrat metrlik (54000 kvadrat futlik) maydon orqali amalga oshiriladi.

  1. „Estádio Municipal de Braga“. SC Braga. Qaraldi: 2017-yil 2-sentyabr.
  2. Gonçalves, Joaquim; Basto, Sónia (2011), SIPA (muh.), Estádio Municipal de Braga (IPA.00022707/ PT010303100243) (portugalcha), Lisbon, Portugal: SIPA – Sistema de Informação para o Património Arquitectónico, qaraldi: 2 March 2016
  3. „Fact Check. Estádios de Leiria e Aveiro tiveram custo de 180 milhões para construção e custam 8 milhões a manter?“ (pt). Observador (2023-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 16-iyun.