Eson Davlat begim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Eson davlat begimdan yoʻnaltirildi)
Eson Davlat begim
Tavalludi nomaʼlum
Vafoti iyun 1505
Fuqaroligi Moʻgʻuliston (qadimgi davlat)

Eson davlat begim (? 1505) — Moʻgʻuliston (Yettisuv va TyanShan), keyinchalik Toshkent va Sayram hokimi Yunusxon (1415—87)nʼing xotini. Oqila, dono va mehribon E.Eson davlat begim saltanatni boshqarishda faol qatnashgan. U Yunusxondan 3 qiz koʻrgan. Toʻngʻich qizi Mehr Nigorxonim Movarounnahr hukmdori Sulton Ahmad Mirzo ibn Sulton Abusaid mirzoga uzatilgan, farzand koʻrmagan. Ikkinchi qizi Qutlugʻ Nigorxonim (? — 1505/06, Kobul) 1475 yil Umarshayx Mirzota turmushga berilgan. Undan bir qiz (Xonzoda begim) va bir oʻgʻil (Bobur) koʻrgan. Kenja qizi Xub Nigorxonim 1494 yil Toshkentda 10 yil davomida koʻhna Ustrushona (Oʻratepa)ga hokimlik qilgan Muhammad Husayn koʻragonga nikoh qilingan. Xoʻb Nigorxonim 2 qiz va 2 oʻgʻil qoʻradi. Toʻngʻich oʻgʻli Muhammad Haydar mirzo „Tarixi Rashidiy“ asarining muallifi tarzida shuhrat topgan.

Bobur Samarqandni Shayboniyxonga tashlab chiqqanda (1501) E.Eson davlat begim shaharda bir muddat qolib, keyin Bobur huzuriga qarindosh urugʻlari bilan kelgan. Boburning yozishicha, Andijon atrofida E.Eson davlat begimning bogʻi boʻlib u Qoʻshtegirmon deb atalgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Zahiriddin Muhammad Bobur, Boburnoma, T., 1960; Mirza Muhammad Xaydar, Tarixi Rashidi, T., 1996.