Eson Lutfullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eson Lutfullayev (1935.25.11, Forish tumani — 2000.1.12, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq hofizi (1997). H. Olimjon nomidagi Samarqand drama teatri (1956—57), Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1957—60), "Maqom" ansambli (1960—2000)da ishlagan. Yoqimli, diapazoni keng va kuchli ovoz sohibi. Us tozlari J. Sultonov va M. Uzoqov anʼanalarining davomchisi. Repertuaridan maqom va mumtoch ashula yoʻllari ("Navroʻzi sabo". "Feruz I—II". "Moʻgʻulchai Navo". "Chapandozi Bayot", "Chorgoh I", "Buxoro Irogʻi", "Suvora" va boshqalar), katta ashulalar ("Sogʻindim", "Ohkim" va boshqalar), 100 ga yaqin oʻzi bastalagan ashulalar ("Koʻziga surma qildi", "Yuragi toza boʻlsin", "Zor etma", "Dastingdan", "Noz uyqusi", "Afsona deb" va boshqalar) oʻrin olgan. Oʻzbekiston televideniyesida L. ijodiga bagʻishlangan 2 ta videofilm ("Eson Lutfullayev kuylaydi", 1991; "Bokira tuygʻular", 1998) suratga olingan, L. ijro etgan ashulalar gramplastinkada chiqarilgan ("Eson Lutfullayev kuylaydi" va boshqalar).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil