Kontent qismiga oʻtish

Eski masjid

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Eski masjid
turkcha: Eski Camii
Eski masjid
Mamlakat Turkiya
ShaharAdirna
Yoʻnalishisunniylik
Meʼmoriy uslubUsmoniylar meʼmorchiligi
MeʼmorHaci Alaeddin, Ömer bin Ibrahim
Binokorlik1402-yil1414-yil
Gumbazlar soni9
Gumbazlar soni9
Minoralar soni2
Minoralar soni2

Eski masjid (turkcha: Eski Camii), Ulugʻ masjid (turkcha: Ulucami) nomi bilan ham tanilgan[1] – Turkiyaning Adirna shahridagi XV asr boshlariga oid Usmoniylar masjidi.

Masjid Süleyman Çelebi buyrugʻi bilan qurilgan, qurilish ishlari uning ukasi Sulton Mehmed I hukmronligi ostida yakuniga yetkazilgan. Bino shaharning tarixiy markazida, bozor yaqinida boshqa mashhur tarixiy masjidlar, jumladan, Salimiya masjidi va Uch Şerefeli masjid yaqinida joylashgan. Masjidning yuqori qismi toʻqqizda gumbaz bilan qoplangan boʻlib, gumbazlar toʻrtta ustunlar orqali mustahkamlangan. Masjid dastlab bitta minoraga ega edi, uning ikkinchi balandroq minorasi keyinchalik sulton Murod II tomonidan qurdirilgan. Hovlisiz masjidga uchta eshik orqali kirish mumkin. Masjid ichida xattotlik asarlarini koʻrish mumkin[2].

  1. Akcil, Nesrin Gul (2012). "Edirne Grand Mosque" (tr). Islam Ansiklopedisi. 42. Istanbul: Turkish Diyanet Foundation. 97–98 b. https://islamansiklopedisi.org.tr/ulucami#20-edirne-eskicamii.
  2. Akcil, Nesrin Gul (2012). "Edirne Grand Mosque" (tr). Islam Ansiklopedisi. 42. Istanbul: Turkish Diyanet Foundation. 97–98 b. https://islamansiklopedisi.org.tr/ulucami#20-edirne-eskicamii.