Eski Tuyatortar kanali
![]() | Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan, yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring. |
Eski tuyatortar kanali, Tuyatortar kanali — Zarafshon daryosidan chiqarilgan qadimgi kanal. Mirzachoʻlni sugorish uchun qazilgan dastlabki kanallardan biri. Zarafshon daryosining suvini Sangzor daryosiga quyadi. Zarafshondagi "Birinchi May" toʻgʻonidan boshlanadi. E.Eski Tuyatortar kanali milod boshlarida qazilgan, 6—8-asrlarda oʻzaro urushlar natijasida va arablar istilosi davrida vayron boʻlgan. 16-asrda Buxoro xoni Abdullaxon 7/davrida qayta tiklangan va keyinchalik Sirdaryo (Karay va Mirzarabot)gacha yetkazilgan. 1912 yilda Samarqand generalgubernatori tomonidan qisman qayta tiklangan. Shoʻrolar davrida kanal qayta qaziddi. Uz. 108,2 km, suv oʻtkazish imkoniyati 50 m³/sek. Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi 34 ming ga dan ortiq ekin maydonlari sugoriladi. 1987 yilda kanal trassasida Qorovultepa suv ombori qurilgan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |