Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon
Shayh Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon 1858 yilda Toshkentda Bobohonovlar deb tanilgandindor oilada tavallud topgan.
Hayotiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shayh Eshon Boboxon mufti, shayx. Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxonning otasi. Toshkentda ruhoniy oilasida tugʻilgan. Dastlabki ilmni bobosi shayx ul-islom Ayubxon ibn Yunusxondan, uning otasi Abdulla ibn Burhon Eshondan olgan. Keyin Buxoroda Mir Arab madrasasida tahsil koʻrgan. Aqoid, fiqh, tafsir va hadis bilimlarini chuqur egallagan va naqshbandiylik tariqatining namoyandasi sifatida tanilgan. Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi tashkilotchilaridan biri va uning birinchi raisi, muftiy (1947-57). Diniy boshqarmaning tashkil etilishi mintaqadagi mayda va tarqoq musulmon jamoalarini yagona diniy markazga birlashishiga imkon berdi. Eshon Boboxon boshqarma rahbari sifatida dindorlarning talab va ehtiyojlarini hisobga olish bilan birga boshqarma faoliyatini fashizmni tor-mor etish uchun frontga har tomonlama yordam koʻrsatish, xalqaro tinchlikni himoya qilish ishlariga yoʻnaltirdi. Eshon Boboxon Toshkentdagi Qaffol Shoshiy maqbarasi hovlisiga dafn qilingan.