Eshkak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eshkak — qayiq va kemalarni harakatga keltirish va boshqarish uchun xizmat qiladigan qurak yoki mexanizm. Qayiq E.lari uzun dastali yogʻoch kurakdan iborat. Qayiqning kattakichikligiga qarab, uni bir (tikka turib yoki oʻtirib), ikki, toʻrt, olti, sakkiz va hokazo. E. bilan harakatlantirish mumkin. Bunday E. qadimdan maʼlum. Ulardan jangovar kemalarda ham foydalanilgan (mas, Yunoniston, Karfagen, Rim, Finikiya va boshqalar). Rossiyada E.li kemalar harbiydengiz flotining ajralmas qismi boʻlgan (18—19-asrlar). Oxirgi marta E.li rus floti 1828—29 yillardagi rusturkurushida qatnashgan. Hozir ham istirohat bogʻlaridagi sayr qayiqlarida, sport qayiqlarida E. ishlatiladi. E.ning gʻildirak shaklidagi xili (E.gʻildirak) ham bor. Bunday Elar 18-asrda bugʻmashinasi yaratilganidan soʻng paydo boʻlgan kemalarda ishlatilgan. Doira boʻylab joylashtirilgan va burilish mexanizmi (ekssentrik) bilan tortqilar yordamida sharnirli biriktirilgan toʻgʻri toʻrtburchak parrakdan iborat. Bunday E. kemaning oʻrta yoki quyruq qismiga koʻndalangiga oʻrnatiladi, uni bugʻ dvigateli harakatga keltiradi. Eng keng tarqalgan zamonaviy E.harakatlantirgich E.vIn-t deb ataladi. U valga oʻrnatilgan gupchakdan iborat. Gupchakdan bir-biridan bir xil masofada oʻqqa nisbatan maʼlum burchak ostida oʻrnatilgan parraklar bor. Bunday E.ning yaxlit parrakli, gupchak bilan birga quyilgan va shtamplangan; parraklari olinadigan turlari bor. E. latun, bronza, choʻyan, poʻlat, plastmassadan tayyorlanadi. Zamonaviy kemalarda asosan shunday E.lar ishlatiladi. Ularni ham ichki yonuv dvigateli, bugʻ turbinasi va boshqalar harakatlantiradi.