Ersin Erçin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ersin Erçin
Tavalludi 21-yanvar 1958
Fuqaroligi Turkiya

Ersin Erchinturk diplomati, Turkiyaning Braziliyadagi elchisi.

1982-yilda Turkiya Tashqi ishlar vazirligida ish boshlagan Ersin Erchin Anqarada muassasaning turli boʻlimlarida ishlagan, jumladan, iqtisodiy aloqalar, xalqaro xavfsizlik, harbiy aloqalar va qurolsizlanish, harbiy-dengiz va havo kuchlari masalalari va hokazo boʻlimlarda ishlagan. Shuningdek, u Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik tashkiloti, BMTdagi Turkiya vakili, Xartum va Damashqdagi elchixonalarda ishlagan.

2009-yilda Turkiyaning Braziliyadagi elchisi etib tayinlangan. Ayni paytda E.Erchin Turkiya prezidenti Abdulla Gulning Yevropadagi xavfsizlik masalalari boʻyicha maxsus vakili hisoblanadi.

Turkiya Prezidenti Abdulla Gul 1-2-dekabr kunlari Ostonada boʻlib oʻtadigan YeXHT sammitida E.Erchin nomzodini koʻrsatishi kutilmoqda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]