Ershi mudofaasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ershi mudofaasi — Fargʻona vodiysidagi Ershi shahrini Xitoy bosqinchilaridan mudofaa qilinishi (miloddan avvalgi 104—101 yillar). Xitoy istilochilarining Fargʻonaga birinchi yurishi miloddan avvalgi 104 yil boshlangan. Fargʻona yurishida qoʻshinga (40—50 ming kishi) bosh qoʻmondon qilib Li Guangli tayinlanadi. Bu urushning boshlanishiga Xitoy imperatori Udi uchun ot sotib olinmaganligi bahona boʻlgan. Xitoy istilochilari Ershi shahriga yetmasdanoq qoʻshinlarining anchasidan ayrilgan. Yoʻlda charchagan, och qoʻshin Oʻzgan shahridagi hujumda katta talafot koʻrgan. Li Guangli qolgan kuchlari bilan Dungxuangga qaytib kelgan. Xitoy qoʻshinining Fargʻonaga 1yurishi 2 yil davom etgan. 1hujum Xitoy askarlarining magʻlubiyati bilan tamom boʻlgan. Udining farmoniga binoan, zudlik bilan qaytadan urush tayyorgarligi koʻrilib, 60 ming kishilik katta qoʻshin 2marta Ershi shahrini qamal qilgan. Qamal 40 kundan ortiqdavom etgan. Fargʻonaliklar shaharni mardonavor himoya qilishgan va dushmanga katta talafot keltirishgan. Xitoy qoʻshini, oʻzlariga eng yaqin hisoblangan Usun xonligidan yordam kelmagandan soʻng , Qangʻ davlati qoʻshini Fargʻonaga yordamga kelib qolishidan xavotirlanib, fargʻonaliklar qoʻygan shart bilan sulh tuzishga majbur boʻlganlar. Ular fargʻonaliklardan 3 mingta tulpor ot va och qolgan Xitoy qoʻshini uchun gʻalla, oziq-ovqat olib Xitoyga qaytganlar. Bu yurish ham 2 yil davom etib, miloddan avvalgi 101 yil tugagan. Bu urushda xitoyliklar katta talafot koʻrganlar, yurishda qatnashgan jangchilarning oʻndan birigina esonomon yurtiga qaytgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Abduxoliq Abdurasul oʻgʻli, Qadimgi Fargʻona tarixidan, T., 2002.