Erot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Erot, Eros — yunon mifologiyasidagi sevgi xudosi. Gesiodning „Teogoniya“ asarida aytilishicha, Erot xaosdan; qadimiy miflarga koʻra, Germes va Artemidadan yoki Ares va Afroditadan dunyoga kelgan. Odamlar va xudolarning yuragiga kamondan oltin oʻqlar otib ularda sevgi uygʻotgan. Erot qanotli goʻzal yigitcha yoki qanotchalari bor, kamon koʻtarib yurgan shoʻx bola qiyofasida tasvirlangan.

Koʻchma maʼnoda Eros — sevgi. Erotizm, erotika, erotik sheʼriyat Erotdan olingan. Rim mifologiyasidagi Amurga toʻgʻri keladi.