Kontent qismiga oʻtish

Eron—Isroil urushi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Eron—Isroil urushi
Yuqori chap burchakdan soat yoʻnalishida: Isroil havo hujumlaridan soʻng Tehronning osmondan koʻrinishi; hujumlar oqibatida Tehronga yetkazilgan zarar; urush paytida Tehronda yuz bergan portlashlar; Natanz yadro obʼektiga qarshi havo zarbalari xaritasi; Eron raketa hujumlaridan keyin Ramat Gandagi binoning holati.
Sanalar 2025-yil 13-iyul – hozirgacha (20 kun)
Urush yeri
Holati Davom etmoqda
Raqiblar
 Isroil
Qoʻllovchi:
AQSH bayrogʻi AQSh[a][muhokama]
Qoʻmondonlar

Eron—Isroil urushi Eron va husiylarning Isroil va AQSHga qarshi olib borayotgan davomli qurolli mojarosi hisoblanadi. Bu mojaro 2025-yil 13-iyunda Isroil Eronning asosiy harbiy va yadroviy obyektlariga toʻsatdan hujum qilishi bilan boshlanib ketgan[4][5][6]. Urushning dastlabki soatlarida Eronning oliy harbiy yetakchilari, yadro olimlari[7] va siyosatchilarga (jumladan, AQSH bilan yadroviy muzokaralarni nazorat qilgan Ali Shamkhani)[8][9] hujumlar uyushtirildi va Eron havo mudofaasini yoʻq qilishga urinishlar boʻldi[10]. Eron bunga javoban Isroildagi harbiy obʼyektlar va shaharlarga qarata raketalar uchirib, qarshi hujum qildi[11][12][13]. Urush boshlanganidan beri Isroilni Eronning raketa va dronlariga qarshi himoya qilib kelgan AQSH 2025-yil 22-iyunda hujumkor harakatga oʻtdi va Eronning uchta yadro obyektiga zarba berdi[14][15]. Bunga javob tariqasida Yamandagi husiylar Amerika zarbalarini „urush eʼloni“ deb baholab, Isroilga bir necha raketa uchirdi[16][17].

Kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Isroil Eron bilan Pahlaviylar davrida yaqin munosabatda boʻlgan, biroq Eron inqilobi natijasida bu sulola agʻdarilib, uning oʻrniga Gʻarbga qarshi boʻlgan teokratik islomiy respublika tashkil topdi, bu davlatga Ruhulloh Xumayniy yetakchilik qildi[18]. Oʻshandan beri Eron hukumati Isroilni yoʻq qilishga vaʼda berib kelmoqda[19][20][21][22]. Xumayniy Isroil bilan hamkorlikni to‘xtatgan va uning Falastin hududlarini ishg‘ol qilganini qoralagan[20][23]. Vaqt o‘tishi bilan Eron Arab davlatlari qo‘llovini qo‘lga kiritish uchun Isroilga nisbatan yanada dushmanona munosabatda bo‘la boshladi[20]. Eronning oliy yetakchisi Ali Xomanaiy ilgari Isroilni “saraton o‘smasi” deb atagan va uni yo‘q qilishga chaqirgan[24][25]. Isroil esa Eronning yadroviy dasturini milliy xavfsizlikka tahdid deb biladi va u yadroviy qurol ishlab chiqadi, degan xavotiri mavjud.[18]

2024-yilda, ikki davlat oʻnlab yillik vositachilar orqali olib borilgan to‘qnashuvlardan so‘ng ilk bor ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumlar uyushtirdi. 2024-yil aprel oyida Isroil tomonidan Damashqdagi Eron konsulligiga uyushtirilgan havo hujumi natijasida eronlik zobitlar halok boʻldi. Eron bunga javoban 2024-yil aprelida Isroilga zarba berdi, shundan soʻng Isroil esa oʻz navbatida Eronni nishonga oldi. 2024-yil iyul oyida Isroil Eron poytaxti Tehronda HAMAS yetakchisi Ismoil Haniyani oʻldirdi, 2024-yil sentabrida esa Hizbulloh rahbari Hasan Nasrulloh va Eron Islomiy inqilob muhofizlari korpusining yirik qo‘mondoni Abbas Nilforoushanni Livanda oʻldirdi. 2024-yil oktyabrida Eron Isroilni nishonga oldi, Isroil esa javoban Eronni nishonga oldi.[23] Isroilning so‘nggi hujumlari Eronning Rossiyadan olingan mudofaa tizimi – S-300ni yo‘q qildi, bu esa Isroilning keyingi hujumlari uchun yo‘l ochdi.[26]

Eronning yadroviy dasturi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Isroil tomonidan berilgan zarbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Isroil 13-iyun kuni Eronga hujum qilgan[4].

AQSH Harbiy-havo kuchlari va Harbiy-dengiz floti Erondagi bir nechta yadroviy obyektlarga „Midnight Hammer“ operatsiyasi nomi ostida hujum uyushtirdi. Fordow uran boyitish zavodi, Natanz yadro kompleksi va Isfahondagi nomaʼlum obyekt Northrop B-2 Spirit radar uchun sezilmaydigan bombardimonchi samolyotlari tomonidan tashilgan oʻnlab 30 000 funtlik (13 600 kg) GBU-57A/B MOP bombalari, shuningdek, suv osti kemalaridan otilgan „Tomahawk“ qanotli raketalar bilan nishonga olindi[27][28]. Ushbu yadroviy inshootlar Eronning eng muhim uran boyitish markazlari hisoblanadi[27][28].

Erondagi qurbonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mashhur shaxslarning vafoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Isroilning zarbalari natijasida Tehron viloyatida 78 kishi vafot etgan, 329 kishi esa jarohatlangan[29]. Bular orasida Eron oliy harbiy qoʻmondonligining 3 nafar aʼzosi Muhammad Bageri, Husayn Salamiy va Hotam Gʻulom Ali Rashid ham boʻlgan. Bundan tashqari yadrochi olimlarda Abdulhamid Minusher, Ahmadrizo Zulfagar, Amirhusayn Feki, Motallab Blizade, Muhammad Mehdi Tehronchi va Faridun Abbosiylar ham halok boʻlgan[30].

Eron tomonidan berilgan zarbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eron 13-iyun kuni kechki payt Isroilga 100 ga yaqin ballistik raketalarni uchirgan[31]. Hujum mahalliy vaqt bilan soat 21:00 atrofida sodir boʻlgan va Eronning ushbu javob zarbasi „Haqiqiy vaʼda-3“ nomini olgan. Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy davlat televideniyesida bergan bayonotida quyidagicha soʻzlagan:[32]

Sionistik rejim (Isroil) oʻz jinoyati oqibatlaridan jazosiz qolmaydi. Eron millati bizning javobimiz chala boʻlmasligiga ishonchi komil boʻlishi kerak.

Ali Xomanaiy 18-iyun kungi bayonotida urushga AQSHning aralashishi „tuzatib boʻlmas zararga aylanishi“ni taʼkidladi[33].

Isroildagi talafotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro reaksiya va munosabatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Qoʻshma Shtatlar Isroil va Iroq ustida Eronning raketalarini yoʻq qilishga koʻmaklashdi. Shuningdek, AQSHning ikkita diplomatik vakolatxonasi Eron havo hujumlaridan zarar koʻrdi yoki ularning nishoniga aylandi[1][2][3].
  1. „US helps Israel shoot down barrage of Iranian missiles“. AP News. Associated Press (2025-yil 13-iyun). Qaraldi: 2025-yil 17-iyun.
  2. „US air defense systems, naval destroyer help down Iranian missiles fired at Israel“. The Times of Israel (2025-yil 14-iyun). Qaraldi: 2025-yil 17-iyun.
  3. Carter, Brian; Rezaei, Ben; Reddy, Ria; Borens, Avery; Schmida, Ben „Iran Update Special Report, June 16, 2025, Evening Edition“. Critical Threats Project. Washington, D.C.: Institute for the Study of War (2025-yil 16-iyun). Qaraldi: 2025-yil 17-iyun.
  4. 4,0 4,1 „Isroil Eronga hujum boshladi“. Kun.uz (2025-yil 13-iyun). Qaraldi: 2025-yil 20-iyun.
  5. Gordon, Michael „In Twist, U.S. Diplomacy Served as Cover for Israeli Surprise Attack“. The Wall Street Journal (2025-yil 13-iyun). Qaraldi: 2025-yil 20-iyun.
  6. „What we know as Israel-Iran conflict intensifies“ (en-GB). BBC News (2025-yil 13-iyun). Qaraldi: 2025-yil 17-iyun.
  7. de Haldevang, Max; Bozorgmehr, Najmeh. „The Iranian generals and scientists killed by Israel's offensive“. Financial Times (2025-yil 18-iyun). Qaraldi: 2025-yil 19-iyun.
  8. Regalado, Francesca; Ward, Euan; Fassihi, Farnaz; Granados, Samuel; Chutel, Lynsey. „These Are Iranian Generals and Scientists Killed by Israel“ (en-US). The New York Times (2025-yil 13-iyun). Qaraldi: 2025-yil 22-iyun.
  9. Ebrahim, Nadeen; Adkin, Ross; Michaelis, Tamar. „Israeli strikes kill some of Iran's most powerful men, including military and nuclear leaders“ (en). CNN (2025-yil 13-iyun). Qaraldi: 2025-yil 22-iyun.
  10. „Report: Mossad carried out covert sabotage operations against Iranian air defenses, long-range missiles“ (en-US). The Times of Israel. Qaraldi: 2025-yil 17-iyun.
  11. Campa, Kelly; Morrison, Nidal; Reddy, Ria; Ganzeveld, Annika „Iran Update Special Report, June 15, 2025, Morning Edition“. Critical Threats Project. Washington, D.C.: Institute for the Study of War (2025-yil 15-iyun). Qaraldi: 2025-yil 15-iyun.
    Fabian, Emanuel. „Woman killed, 13 people hurt, after Iranian missile hits home in Tamra, near Haifa“ (en-US). The Times of Israel. Qaraldi: 2025-yil 14-iyun.
    Walsh, Joe; Ott, Haley; Reals, Tucker; Breen, Kerry. „Iran launches missiles and drones at Israel as Israel attacks Iranian nuclear sites and top commanders, IDF says“ (en-US). CBS News (2025-yil 13-iyun). Qaraldi: 2025-yil 13-iyun.
  12. „Iran's UN ambassador says 78 killed, 320 wounded in Israeli strikes – as it happened“ (en). The Guardian (2025-yil 13-iyun). Qaraldi: 2025-yil 14-iyun.
    „Israel attacks Iran's nuclear and missile sites with explosions heard across Tehran. Live updates here“ (en). CTV News. Associated Press (2025-yil 13-iyun). Qaraldi: 2025-yil 13-iyun.
  13. Lis, Jonathan. „Israel's Mossad activated exploding drones smuggled into Iran long before Friday's strikes“. Haaretz (2025-yil 13-iyun).
    „Netanyahu Says Operation 'Rising Lion' Will Last 'as Many Days as It Takes'“. The Wall Street Journal (2025-yil 13-iyun).
    „Hundreds reported dead as Israel and Iran trade strikes for a third day“ (en). France 24 (2025-yil 15-iyun). Qaraldi: 2025-yil 16-iyun.
  14. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named NYTimesLive20250621
  15. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named BBCLive20250621
  16. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named ballisticmissile13june
  17. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named initialreports15june
  18. 18,0 18,1 Gregory, Andy; Hagopian, Alicja. „Israel-Iran conflict: A timeline of how the attacks unfolded“ (en). The Independent (2025-yil 19-iyun). Qaraldi: 2025-yil 17-iyun.
  19. Sheridan, Greg. „Iranian nuclear threat meant Israelis had no choice“. The Australian (2025-yil 13-iyun).
  20. 20,0 20,1 20,2 von Hein, Shabnam. „Why are Iran and Israel sworn enemies?“. Deutsche Welle (2025-yil 13-iyun). Qaraldi: 2025-yil 13-iyun.
  21. Hjelmgaard, Kim „What we know about Israel's attacks on Iran's nuclear sites − and Iran's drone response“ (en-US). USA Today (2025-yil 13-iyun). Qaraldi: 2025-yil 13-iyun.
  22. Breen-Portnoy, Barney „'This Is The Time to Stand With Israel': IDF Launches Pre-Emptive Strike on Iran's Nuclear Program“ (en-US). Combat Antisemitism Movement (2025-yil 13-iyun). Qaraldi: 2025-yil 13-iyun.
  23. 23,0 23,1 Sykes, Patrick; Bronner, Ethan; Capaccio, Anthony. „Israel and Iran Have Been Enemies for Decades. What Next?“. Bloomberg News. Bloomberg L.P. (2025-yil 13-iyun). 2025-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 13-iyun.
  24. Ng, Kelly. „Hossein Salami: Who was Iran's Revolutionary Guards chief killed in Israeli strikes?“ (en-GB). BBC News (2025-yil 13-iyun). Qaraldi: 2025-yil 19-iyun.
  25. Frankel, Julia; Mednick, Sam. „Israel's spy agency used AI and smuggled-in drones to prepare attack on Iran“ (en). AP News (2025-yil 17-iyun). Qaraldi: 2025-yil 19-iyun.
  26. Hinz, Fabian „Israel's attack and the limits of Iran's missile strategy“. International Institute for Strategic Studies (2025-yil 18-iyun).
  27. 27,0 27,1 Nagourney, Eric; Haberman, Maggie. „U.S. Enters War With Iran, Striking Fordo Nuclear Site: Live Updates“. The New York Times (2025-yil 21-iyun). 2025-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 21-iyun.
  28. 28,0 28,1 Donald J. Trump (@realDonaldTrump). „We have completed our very successful attack on the three Nuclear sites in Iran, including Fordow, Natanz, and Esfahan. All planes are now outside of Iran air space. A full payload of BOMBS was dropped on the primary site, Fordow. All planes are safely on their way home. Congratulations to our great American Warriors. There is not another military in the World that could have done this. NOW IS THE TIME FOR PEACE! Thank you for your attention to this matter.“ (en) (2025-yil 21-iyun). Qaraldi: 2025-yil 22-iyun.
  29. „OAV: Isroil zarbalari oqibatida Tehronda 78 kishi halok bo‘lib, 300 dan ortiq kishi yaralandi“. Kun.uz (2025-yil 13-iyun). Qaraldi: 2025-yil 20-iyun.
  30. „IIQK rahbari va yadrochi olimlar Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘ldi. Yana nimalar ma’lum?“. Gazeta.uz (2025-yil 13-iyun). Qaraldi: 2025-yil 20-iyun.
  31. „Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi“. Kun.uz (2025-yil 13-iyun). Qaraldi: 2025-yil 20-iyun.
  32. „Eronning Isroilga javobi: Tel-Avivda vayrongarchiliklar, yaralanganlar bor“. Kun.uz (2025-yil 14-iyun). Qaraldi: 2025-yil 20-iyun.
  33. „Eron oliy rahbari AQShni, harbiy aralashuv bo‘lsa, “tuzatib bo‘lmas zarar” haqida ogohlantirdi“. Gazeta.uz. Qaraldi: 22-iyun 2025-yil.