Erkin Yusopuv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Erkin Yusupovich Yusupov
O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Raisi
Mansab davri
1983-yil 30-dekabr — 1985-yil 30-mart — 
Oʻtmishdoshi Аsadilla Ashrapovich Хоdjayev
Vorisi Po‘lat Qirg‘izboyevich Hаbibullayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1929-yil 15-mart
Toshkent, O‘zbekiston SSR, SSSR
Vafoti 2003-yil 5-avgust (74 yosh)
Siyosiy partiyasi KPSS
Faoliyati Falsafa
Ilmiy unvoni

professor, SSSR FA korrespondent-muxbiri (1987-yil)

RFAda korrespondent-muxbir (1991-yil)Falsafa fanlari doktori (1966-yil)
Mukofotlari Order october revolution rib.pngSU Order of the Badge of Honour ribbon.svg

Erkin Yusupovich Yusupov (1929-yil 15-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR2003-yil 5-avgust) — sovet va oʻzbek olimi, davlat arbobi, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi raisi (1983—1985-yillar), Rossiya fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erkin Yusupov uygʻur millatiga mansub. U 1958-yildan KPSS a’zosi hisoblangan.

N.K.Krupskiy nomidagi Moskva viloyat pedagogika institutini  tamomlagan. 1966-yilda unga Falsafa fanlari doktori maqomi berilgan.

  • 1955-yildan – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetinining falsafa kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. Ilmiy faoliyati davomida tarixiy va dialektik materializm, ilmiy ateizm tarixi va nazariyasini oʻrgangan.
  • 1980-yillarning oxiri 1990-yillarning boshida – Toshkent davlat universitetining rektori qilib tayinlangan.
  • 1987-yil 23-dekabrdan SSSR Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi – falsafa va huquq (ilmiy kommunizm, sotsializmning ijtimoiy-siyosiy muammolari) boʻlimida faoliyat olib borgan.
  • 1979-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi faol aʼzosi sifatida qabul qilingan.
  • 1983—1985-yillarda Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining Raisi.
  • 1989—1991-yillarda Butunittifoq „Bilim“ jamiyatidan SSSR xalq deputati;
  • SSSR Oliy Kengashining Xalqaro ishlar boʻyicha qoʻmitasi;
  • Parlament etikasi komissiyasi a’zosi hisoblangan.

Ilmiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Marksizmning paydo boʻlishi – filosofiyada revolyutsiya“, Тoshkent, 1960-yil,
  • „Odamning paydo boʻlishi toʻgʻrisida fan va din“, Тoshkent, 1961-yil,
  • „Взаимосвязь и единство основных логических форм“. Ученые записки Ташкентского государственного педагогического института, 1956, вып. 3;
  • „Уничтожение противоположности между городом и деревней в ранее отсталых странах“, Ташкент, 1964,
  • „Сотрудничество социалистических наций и развитие науки в Узбекистане“ / Эркин Юсупович Юсупов, Ташкент : о-во „Знание“ УзССР, 1982.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Falsafiy entsiklopediya. 5 jildda - M.: Sovet Entsiklopediyasi. 1960-1970 yillar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]