Erjon Tola
| Erjon Tola | |
|---|---|
|
| |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavallud sanasi |
1986-yil 15-dekabr Tirana, Albaniya |
| Boʻyi | 1.81 m |
| Sport | |
| Mamlakat |
|
| Qaysi sport | Super-G, giant slalom, slalom |
Erjon Tola (1986-yil 15-dekabrda tugʻilgan) – albaniyalik togʻ changʻichisi. U 2006, 2010[1], 2014 va 2018-yillardagi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Albaniya sharafini himoya qilgan[2].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tola 1986-yilda Tirana shahrida tugʻilgan. U mashgʻulotlarni Italiyada olib boradi va 1992-yildan beri Cervinia hududida yashab kelmoqda[3].
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erjon Tola 2006-yildagi ilk Olimpiya ishtirokida erkaklar oʻrtasidagi super-G bahsida marraga yetib kelgan sportchilar orasida oxirgi oʻrinni egalladi, biroq gigant slalomda 35-oʻrinni qoʻlga kiritdi[4].
2010-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida esa u slalom bahsida 48-oʻrinni, gigant slalomda esa 63-oʻrinni egalladi.
2013-yilda Tola ilk bor Jahon chempionati hamda Jahon kubogi musobaqalarida ishtirok etdi.
U 2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ham oʻyinlarida Albaniyasharafini himoya qildi, ammo mashgʻulot vaqtida olgan jarohati sababli hech bir musobaqada qatnasha olmadi.
2018-yilda Erjon Tola va Suela Mehilli Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida Albaniya delegatsiyasidan joy olgan. Bu Tolaning toʻrtinchi, Mehilliyning esa ikkinchi Olimpiya oʻyinlari edi[5].
Tola oʻz faoliyatidagi eng yaxshi natijasini 2021-yilda FIS Alpine World Ski Championships 2021 (Kortina-dʼampetsso)da oʻtkazilgan Jahon chempionatida slalom bahsida qayd etgan[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Erjon Tola“. Sports Reference. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Kartolina 2014“. Albanian National Olympic Committee. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-dekabr.,
- ↑ „CTV“. 2010-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 17-fevral.
- ↑ „Erjon Tola, Alpine Skiing“. CBC Canada, VANCOUVER NOW.
- ↑ „Two Italy-based skiers represent Albania at South Korea's Winter Olympics“ (en-US). Tirana Times (2018-yil 6-fevral). Qaraldi: 2018-yil 11-fevral.
- ↑ „Another record for Albanian skier Erion Tola: 29th in the world“ (en-US). Oculus News (2021-yil 23-fevral). Qaraldi: 2021-yil 13-oktyabr.