Erick Pulgar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Erick Pulgar
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Erick Antonio Pulgar Farfán
Tavallud sanasi 1994-yil 15-avgust (28 yosh)
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Flamengo
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2009 Miramar Club Sur Este
2009—2011 Deportes Antofagasta
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2014 Deportes Antofagasta 38 (2)
2014—2015 Universidad Católica 35 (7)
2015—2019 Boloniya 100 (10)
2019—2022 Fiorentina 73 (8)
2022Galatasaray (ijara) 11 (0)
Milliy terma jamoa
2015-  Chili 38 (4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Erik Antonio Pulgar Farfan (talaffuzi: Erik Antonio Pulgar Farfan; 1994-yilning 15-avgustda tugʻilgan) — chililik futbolchi, yarim himoyachi hisoblanadi. U „Flamengo“ klubida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Deportes Antofagasta[tahrir | manbasini tahrirlash]

Antofagastada tugʻilgan Pulgar janubi-gʻarbiy Miramar jamoasiida 6 yoshida oʻynay boshlagan. 15 yoshida u yoshlar chempionatiga taklif oladi, u yerda professional Karlos Karkamo yosh futbolchiga Deportes Antofagasta yoshlar jamoasi bilan shartnoma imzolashni taklif qiladi. Antofagasta tarkibida Pulgar qanot va chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. U 2013-yilda klubda debyut qiladi, keyin esa oddiy asosiy jamoa futbolchisiga aylangan. U baland boʻyli, tezkor oʻyinchi sifatida taʼriflanadi, u yaxshi pas oʻyini bilan juda yaxshi himoyalana oladi. U 2014-yilda mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi[1].

Universidad Catolica[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil 28-iyunda Deportes Antofagasta oʻzining 70 % huquqlari uchun 400 000 dollar evaziga Universidad Católicaga oʻtishga erishdi. Universidad Catolica bilan uch yillik shartnoma imzo chekdi[2].

U 2014—2015-yilgi chempionatda Universidad Catolicaaning eng koʻzga koʻringan futbolchisi boʻla oldi. U murabbiy Mario Salas kelganidan keyin yarim himoyachi sifatida oʻynay boshladi.

Boloniya[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilning 20-avgustida Italiyaning „Bolonya“ klubi uni „Universidad Catolica“ dan sir tutilgan toʻlov evaziga toʻrt yillik shartnoma imzoladi[3]. Unga 5-raqamli futbolka berildi. 2019-yilning 11-yanvarida uning shartnomasi 2022-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirildi[4].

Fiorentina[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2019-yilning 9-avgustida „Fiorentina“ bilan shartnoma imzolagan[5].

Galatasaroy (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 3-fevralida u chempionat oxirigacha „Galatasaroy“ga ijaraga berildi[6].

Sovrinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chili[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Amerika Kubogi: 2016-yil

Milliy terma jamoa gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sana Joy Raqib Hisob yakun Moslik turi
1. 2019-yil 17-iyun Estadio do Morumbi, San-Paulu, Braziliya  Yaponiya 1 — 0 4-0 Amerika Kubogi 2019
2. 2021-yil 8-iyun Estadio San Karlos de Apoquindo, Santyago, Chili  Boliviya 1 — 0 1-1 2022 FIFA DKE
3. 2021-yil 14-oktyabr  Venesuela 1 — 0 3-0
4. 2 — 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Erick Pulgar el Jugador Relevacion“ (ispancha) (5 mayıs 2014). 6 haziran 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2 haziran 2014.
  2. „Erick Pulgar se suma a Universidad Catolica“ (ispancha) (4 temmuz 2014). 14 temmuz 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2 haziran 2014.
  3. „UFFICIALE: Bologna, preso Pulgar dall'Universidad Catolica“ (italyancha) (20 ağustos 2015). 3 eylül 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16 şubat 2016.
  4. „UFFICIALE: Bologna, rinnovo fino al 2022 per il cileno Pulgar“ (italyancha). 12 ocak 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12 ocak 2019.
  5. „UFFICIALE: Pulgar è un nuovo giocatore della Fiorentina“. 9 ağustos 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 ağustos 2019.
  6. „Galatasaray’a hoş geldin Erick Pulgar“. 3 şubat 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3 şubat 2022.