Ergash Isamuhamedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ergash Musayevich Isamuhamedov (1909.31.12 - Toshkent - 1983.10.1) -geolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1963), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1960). Geol.mineralogiya fanlari doktori (1953), professor (1954), Oʻrta Osiyo industrial institutining geol. fakultetini tugatgan (1935).

"Oʻzbekgeologiya" boshqarmasida geolog, geologiya-razvedka partiyasi boshligʻi (1940—42), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya va geofizika institutining petrologiya boʻlimi mudiri, institut direktori (1943), metallar boʻlimi boshligʻi va petrologiya laboratoriya mudiri (1944—1951), Toshkent Davlat Universiteti geol. fakultetining petrografiya va foydali qazilmalar kafedrasi mudiri (1952—1983). I.ning ilmiy ishlari magmatik jinslar petrologiyasiga va ularning assimilyasiya jarayonida xrsil boʻlishiga bagʻishlangan. I.ning bevosita ishtirokida "Dovtosh" marganets koni (Oʻzbekistonda) ochilgan.

Manbalar[tahrir]

  • Petrologiya Nuratinskogo batolita, T., 1955; Magmatizm i nekotori voprosi metallogenii yugo-zapadnix otrogov Gis-sarskogo xrebta, T., 1962.[1]



  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil