Erbelo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Erbelo, Erblo de Molenvil Bartelemid (1625.14.2—1695.8.12) - fransuz sharqshunosi. Parijda tugʻilgan va shu yerdagi untda (klassik tillar va filologiya) oʻqigan, ayni vaqtda sharq tillarini mustaqil oʻrgangan. 1692-yildan Parij untida suryoniy tillar professor E. sharq tillari va Sharq mamlakatlari tarixini ilohiy aqidalardan xoli ravishda mustaqil fan sifatida oʻrgangan yevropalik birinchi sharqshunoslardan hisoblanadi. U mashhur "Sharq kutubxonasi yoxud Universal lugʻat" (8600 maqola) ensiklopediyasi muallifi boʻlib, asarda musulmon Sharqi tarixi va adabiyotiga doir arab va fors manbalaridan (asosan, Mirxond, Abulfido, Xoji Xalifa va boshqalar) olingan keng maʼlumotlar joy olgan. E. ensiklopediyasi, I.Yu.Krachkovskiyning soʻzlariga koʻra, 18-asrga qadar sharqshunoslikka doir barcha bilimlarning yakuni boʻlgan.