Erariy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Erariy (lotincha: — mis, pul) — qadimiy Rimda davlat xazinasi. Saturn ibodatxonasida saqlangan. Respublika davrida senat (uni kvestorlar boshqargan), imperiya davrida — imperatorlar ixtiyorida boʻlgan. Imperator Avgust E.ni imeratorning xususiy kassasi — fisk bilan qoʻshib yuborgan. E. tepasida imperiya davrida pretorlar turgan.