Er libosli ayol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Er libosli ayol, yoxud oriyat isyoni
Muallif Nabijon Hoshimov
Janr roman
Til oʻzbekcha
Nashriyot „Lider-Press“
Sahifalar soni 199
ISBN ISBN: 978-9943-318-14-4

„Er libosli ayol“, toʻliq nomi „Er libosli ayol, yoxud oriyat isyoni“ — oʻzbek yozuvchisi Nabijon Hoshimov qalamiga mansub roman. 2009-yil Toshkent shahrida „Dizayn-Print“ oʻquv-ishlab chiqarish korxonasi tomonidan „Lider-Press“ nashriyotida chop etilgan.[1] Asar kiril yozuvida nashr qilingan.

Roman Husniya ismli oddiy bir qishloqlik ayolning taqdiri va boshidan kechirganlari haqida. Asarda shuningdek, Oʻzbekistonda fermerlik harakatining tarixi, qishloq taraqqiyoti va farovonligi muammolari ham oʻz ifodasini topgan. Gʻoya mualliflari – Neʼmatjon Hoshimov va Mahfuza Ergasheva.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Sultonov — muharrir, Sh. Hoshimov — texnik muharrir, I. Qoʻziyev — musahhih, A. Kuramshin — dizayner, K. Nazirova — operator, Erkin Xushvaqtov — taqrizchi. Kitob adadi — 2 000 nusxa.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Er libosli ayol“. Respublika yigʻma elektron katalogi. Qaraldi: 8-dekabr 2020-yil. [sayt ishlamaydi]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]