Enzo Francescoli
Enzo Francescoli (ispancha: Enzo Francescoli Uriarte)-urugvaylik futbolchi,yarim himoyachi va hujumchi.U 1961-yil 12-noyabrda Urugvayning Montevideo shaxrida tugʻilgan.
Francescoli Urugvay futboli tarixidagi eng koʻzga koʻringan futbolchilardan biri.Urugvay terma jamoasi safida 73 ta oʻyin oʻtkazib 17ta gol urgan[1].
Ayni paytda u GOL TV konserni vitse-prezidenti boʻlib, media-biznes bilan shugʻullanadi.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Enzo Francescoli oʻz faoliyatini kichik „Kadis Xuniors“ jamoasida boshlagan.U yerdan u „Penyarol“ga oʻtishga harakat qildi, ammo sogʻligʻi tufayli klubga mos kelmadi.Yosh futbolchining Kadisdagi oʻyinlari sabab 1978-yilda boshqa bir poytaxt jamoasi „Uonderers“ eʼtiborini tortib, uni jamoaga taklif qilishdi[2]. 1980-yildan Enzo jamoaning asosiy tarkibida oʻynay boshlaydi.Oʻsha mavsum „Uonderers“ klubi chempionatda 2-oʻrinni egalladi va bu natija klubning 1932-yildan beri koʻrsatgan eng yaxshi natijasi edi. Keyingi ikki mavsumda klub ketma-ket 4 va 5-oʻrinlarni egallab turdi. „Uonderers“ bilan atigi uch mavsumda Francescoli 79 ta oʻyinda maydonga tushib,20 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.
1983-yilda Enzo Argentinaning „River Pleyt“ klubi bilan shartnoma imzoladi va futbolchining transferi uchun argentinaliklar 360 000 dollar toʻladi.
Enzo faoliyati davomida quyidagi jamoalarda toʻp surgan:
1974-1978-yillar."Kadis Xuniors"
1978-1980-yillar."Uonderers" yoshlar jamoalarida.
1980-1982-y."Uonderers" 74 (20)
1983-1986-y. „River Pleyt“ 81 (43)
1986-1989-y. „Rasing“ Parij 89 (32)
1989-1990-y."Olimpik"Marsel 26 (11)
1990-1993-y."Kalyari" 98 (17)
1993-1994-y."Torino" 24 (3)
1994-1997-y."River Pleyt" 84 (47)
1982-1997-yillar davomida terma jamoadagi faoliyatida 73 ta oʻyin oʻtkazib 17 ta gol urgan.
Zinedin Zidanning soʻzlariga koʻra, Francescoli yoshligida uning sevimli futbolchisi boʻlgan[3][4].Zidan hatto oʻgʻliga Francescoli sharafiga Enzo deb ism qoʻydi[5][6].
Yutuq va mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Argentina chempioni-1985/86,ap.1994,ap.1996,kl 1997,ap.1997
- Fransiya chempioni-1989/90
- Libertadores kubogi-1996
- Libertadores superkubogi-1997
- Amerika kubogi g'olibi-1983,1987,1995
- Yoshlar o'rtasida Janubiy Amerika chempioni-1981
- Jahon chempionatlari ishtirokchisi-1986,1990
- Argentina chempionatining eng yaxshi toʻpurari-Met.1984, 1985/86,Ap.1994
- FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan
- Janubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchisi-1984,1995
- Fransiya chempionatining eng yaxshi xorijlik futbolchisi-1990
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Uruguay - Record International Players“ (en). Luis Fernando Passo Alpuin, rsssf.com (12-fevral 2009-yil). 15-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-aprel 2009-yil.
- ↑ Francescoli
- ↑ „Принц, не ставший королём“ (ru). Антон Третяк (12-noyabr 2008-yil). 22-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-noyabr 2008-yil.
- ↑ „Игрок донецкого Металлурга сыграл с Зиданом за сборную мира“ (ru). football.ua (22-aprel 2008-yil). 22-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-noyabr 2008-yil.
- ↑ www.sporttotal.ru
- ↑ „Сын Зидана может стать новой «звездой» «Реала»“ (ru). rus.newsru.ua (26-iyun 2007-yil). Qaraldi: 28-noyabr 2008-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Orzular ushaladi „Shahzoda“. River Pleyt 1996-yil mavsumi (rus. )
- Urugvay futbol veb-saytidagi biografiya[sayt ishlamaydi]