Entomofobiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Entomofobiya — bu bir yoki bir nechta hasharotlar sinfidan haddan tashqari qoʻrqish yoki haqiqiy boʻlmagan qoʻrquv bilan tavsiflangan va DSM-5 tomonidan fobiya sifatida taqdim etilgan oʻziga xos fobiya turi hisoblanadi[1]. Aniqroq holatlarga katsaridafobiya (tarakanlardan qoʻrqish), melissofobiya (asalarilardan qoʻrqish), mirmekofobiya (chumolilardan qoʻrqish ) va lepidofobiya (kuya va kapalaklardan qoʻrqish) kabi fobiya turlari kiradi. Psixologik tdqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Qoʻshma Shtatlar aholisining 6 foizini bu fobiya bilan ogʻrigan insonlar tashkil etadi[2].

Hashorotlar turlari

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Entomofobiya yoshlikdagi yoki umuman hayoti davomidagi hasharot(lar) bilan sodir boʻlgan travmatik tajribadan keyin rivojlanishi mumkin. Bu fobiya tez yoki aksincha umuman rivojlanmay qolishi mumkin va hayvonlarga nisbatan boʻladigan fobiyalar orasida keng tarqalgani hisoblanadi. Odatda bir kishi hasharotlarning oʻziga xos turidangina qoʻrqadi, lekin baʼzi hollarda bu qoʻrquv barcha hasharotlar ehtimol, boʻgʻimoyoqlilarining hamma turlariga nisbatan qoʻrquvni oʻzida aks ettirishi ham mumkin.

Alomatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Entomofobiya bilan ogʻrigan odamda quyidagi alomatlar namoyon boʻlishi mumkin:

  • Qoʻrquv hissi
  • Xavotir
  • Qaltirash
  • Vahima
  • Yurakning tez urishi
  • Nafas qisilishi
  • Puls tezligining keskin oshishi
  • Koʻngil aynishi
  • Yigʻlash

Davolash usullari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Entomofobiya bemordagi ayrim xatti-harakatlarning oʻzgarishiga olib keladi, jumladan, entomofobiya bilan ogʻrigan odam hasharotlarning oʻziga xos turiga duch kelishi mumkin boʻlgan holatlardan uzoqroq boʻlishga harakat qiladi. Kognitiv xulq-atvor terapiyasi ushbu fobiya turini davolashning samarali usuli hisoblanadi[1].

Ongostiga taʼsir qilish terapiyasi hashorotlardan qoʻrqadigan odamlar uchun samarali davolash usuli ekanligi isbotlangan. Odamlar oʻzlarini qulay ochiq muhitda, masalan, park yoki bogʻda sayr qilishlari va uzoq vaqt davomida asta-sekinlik bilan hashoratlarga yaqinlashishi tavsiya etiladi.

Hashoratlarni kamera yoki smartfon suratga olish ham samarli usullardan biri ekanligi isbotlangan; chunki hashoratlarni masofadan turib (ekran orqali) koʻrish ishonchni mustahkamlashga yordam beradi. Vaqt oʻtishi bilan odamlar yaxshiroq suratga olish uchun hashoratlarga yaqinlashishlari mumkin.

Bu jarayonni shoshmaslik kerak, odamlar oʻzlarini qulay his qilishlari, hashoratlarni yaqindan tomosha qilishni oʻrganishlari uchun koʻp vaqt ketishi mumkin.

Hashoratllar haqida oʻrganish, shuningdek, ularning ekologiyasini tushunishga yordam beradi, natijada qoʻrquvning nooʻrin ekanligini asoslaydi.

Bolaning hashoratlarga nisbatan boʻlgan qoʻrquvini yengishda tavsiya etilgan usullardan yana biri qoʻrquvga qarshi turishni oʻrgatishdir (oʻziga xos fobiyalarni davolashda umumiy yondashuv), biroq hashorat turiga koʻra davolash dasturlari turlicha boʻlishi ham mumkin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 McCabe, Randi E.. Phobias: The Psychology of Irrational Fear: The Psychology of Irrational Fear Milosevic: . ABC-CLIO, 2015 — 125–27 bet. ISBN 9781610695763. 
  2. Lockwood, Jeffrey. The Infested Mind: Why Humans Fear, Loathe, and Love Insects. Oxford UP, 2013-09-25 — 110– bet. ISBN 9780199374939. 13-dekabr 2015-yilda qaraldi.