Entalpiya
Jump to navigation
Jump to search
Entalpiya (yun. — isitaman) — termodinamikada — termodinamik tizimning holat funksiyalaridan biri (N). Qaytar izobarik jarayonda E.ning oʻzgarishi tizimga berilgan (yoki tizimdan olingan) issiqlik miqdoriga teng . Shuning uchun E. bosim oʻzgarmaydigan sharoitda sodir boʻluvchi fazalar almashuvlarida, kimyoviy reaksiyalar va boshqalarda isiqlik effektini ifodalaydi. Bosim oʻzgarmaydigan adiabatik jarayonlarda E.ning qiymati ham oʻzgarmaydi. Baʼzan E. issiqlik funksiyasi deb ataladi. E. termini gollandiyalik fizik X. Kamerling-Onnes tomonidan kiritilgan. Xalqaro birliklar tizimida E. joul (J) larda ifodalanadi.
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |