Enrique Granados

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Enrique Granados
Tavalludi 27-iyul 1867[1]
Vafoti 24-mart 1916[1]
Fuqaroligi Ispaniya[2]

Enrique Granados y Campiña (talaffuzi: Enrike Granados i Kampinya; 1867.27.7, Lerida, Kataloniya — 1916.24.3) — ispan kompozitori, pianinochi va pedagog, zamonaviy milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Musiqa taʼlimini Barselonada olgan, keyinchalik Parijga borib, fortepiano ijrochiligi (Sh. Berioda) va kompozitsiya boʻyicha (J. Massneda) oʻz malakasini oshirgan. Barselonada oʻzi tashkil etgan Musiqa akademiyasiga rahbarlik qilgan (1901 —16). Lamansh boʻgʻozida kema halokatida halok boʻlgan. Ijodida ispan xalq ohanglari va usullarini zamonaviy musiqaning ifoda vositalari bilan uygʻunlashtirgan. 6 opera, simfonik orkestr uchun poema va syuitalar (shu jumladan, "Arabcha syuita"), fortepiano asarlari ("Aragoncha xota", "Ispancha kaprichchio" va b.), ispan shoirlari soʻzlariga romans va qoʻshiqlar yaratgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil