Enrique Ballesteros

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Футбол
Enrique Ballesteros
Umumiy maʼlumotlar
Tugʻilgan sana 1905-yil 18-yanvar(1905-01-18)[1]

Urugvay, Koloniya-del-Sakramento
Oʻlimi 1969-yil 11-oktabr(1969-10-11) (64 yosh)

Fuqaroligi
Boʻyi 183 sm
Ampulasi darvozabon
Klubdagi faoliyati[* 1]
?—1926 Флаг Уругвая Miramar 91 (−93)
1926—1935 Флаг Уругвая Rampla Xuniors 111 (−80)
1935—1937 Флаг Уругвая Penyarol 42 (−61)
Terma jamoada[* 2]
1930—1937 Уругвай Urugvay 19 (−24)
Xalqaro medallar
Jahon chempionati
Oltin Urugvay-1930
Janubiy Amerika chempionati
Oltin Lima-1935
Bronza Buenos-Ayres-1937
Логотип Викисклада Медиафайлы на Викискладе

Enrique Ballesteros (ispancha: Enrique Ballesteros) — urugvaylik futbolchi, darvozabon.1905-yil 18-yanvarda Koloniya-del-Sakramento shahrida tugʻilgan.1930-yilgi 1-jahon chempioni, 1935-yil Janubiy Amerika chempioni.

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyatining 1926-yilgacha Urugvayning „Miramar“ klubida oʻynagan.Bu klub safida 91 oʻyinda 93 gol urdi.Ballesteros oʻz faoliyatining koʻp qismini poytaxtning „Rampla Juniors“ jamoasida oʻtkazdi.U bilan shu kungacha klubning yagona liga chempionligini qoʻlga kiritdi."Rampla Juniors" klubi tarkibida 111 ta oʻyinda 80 ta gol oʻtkazib yuboradi.Bu juda yaxshi natija hisoblanadi.Faoliyatidagi soʻnggi uch mavsumda u „Penyarol“ tarkibida oʻynadi.Uch marta jamoasiga milliy chempionatda gʻalaba qozonishga yordam bergan."Penyarol" klubi tarkibida esa 42 oʻyinda 61 gol oʻtkazib yuborgan.

Ballesteros 1930-yilda birinchi jahon chempioniga aylangan Urugvay terma jamoasining asosiy darvozaboni edi.U barcha oʻyinlarda, shu jumladan Argentina terma jamoasiga qarshi finalda ham oʻynaydi.Chempionat boshlanishidan oldin birinchi raqam Andres Masaliga berilgandi, biroq murabbiylar shtabining irodali qarori bilan u chempionat boshlanishiga oz vaqt qolganida milliy terma jamoadan iintizomsizligi uchun chetlatildi va bu Ballesterosga ajoyib imkoniyat taqdim etdi.

Enrique Ballesteros jamoaning 1935-yilgi Janubiy Amerika chempionatidagi gʻalabasida asosiy darvozabon boʻlgan.1937-yilda Ballesteros ham qitʼa chempionatida ishtirok etdi va u yerda „Wanderers“dan Xuan Besusso bilan asosiy tarkibdagi oʻrin uchun kurashdi[2].Bu qitʼa chempionatida Urugvay tarkibida uchinchi oʻrinni olishdi va bronza medaliga ega chiqishdi.1969-yil 11-oktabrda 64 yoshida Urugvay poytaxti Montevideo sxarida vafot etdi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Enrique Ballesteros † // Transfermarkt.com (мн.) — 2000.
  2. Martín Tabeira. „Southamerican Championship 1937“ (ispancha). Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (12-avgust 2009-yil). 23-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-oktabr 2015-yil.


Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "*", but no corresponding <references group="*"/> tag was found