Enoh
Enoh | |
---|---|
![]() | |
Otasi | Yared[1] |
Enox (ibroniycha: חֲנוֹךְ – Ḥanokh; yunoncha: Ἑνώχ – Henox) – Muqaddas Tavrot, Bibliya va Injilda tilga olingan shaxs boʻlib, Nuh toʻfonidan avvalgi davr patriarxlaridan biri hisoblanadi[2]. U Yaredning oʻgʻli va Matushalaxning (Mutu’shalax) otasi boʻlgan. Enox Ibroniy Injilidagi toʻfondan oldingi (Antediluvian) davrida yashab oʻtgan.
Genesis (Tavrot) kitobiga koʻra, Enox 365 yil yashagan va soʻngra Xudo tomonidan olib ketilgan[3][4]. Yozilishicha „Enox Xudo bilan yurdi. Keyin u yoʻq boʻldi, chunki Xudo uni olib ketdi“ (Ibtido 5:21–24) deb yozilgan. Bu soʻzlar baʼzi yahudiy va nasroniy anʼanalarida Enoxning tiriklayin jannatga koʻtarilg deb ishoniladi. Boshqa talqinlarda bu holat boshqacha izohlanadi.
Enox yahudiy va nasroniy anʼanalarida keng tilga olinadi. U „Enox kitobi“ muallifi deb hisoblanadi. Yangi Ahdda – Luqo Injili, Ibroniylarga maktub va Yahudo maktubi – Enox nomi eslatib oʻtiladi. Ayniqsa, Yahudo maktubida „Enox kitobi“dan toʻgʻridan-toʻgʻri iqtibos keltiriladi[5][6].
Enox Rim-katolik cherkovi, Sharqiy pravoslav cherkovi va Sharqiy monofizit cherkovlari tomonidan muqaddas aziz sifatida eʼzozlanadi[7][8].
Tashqi havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ // (unspecified title)
- ↑ „Enoch (Hebrew patriarch)“. britannica.com. Qaraldi: 4-iyul 2025-yil.
- ↑ „Genesis 5:21-24, Genesis 5:21-24“. biblegateway.com. Qaraldi: 4-iyul 2025-yil.
- ↑ „Who was Enoch in the Bible?“. gotquestions.org. Qaraldi: 4-iyul 2025-yil.
- ↑ „Book of Enoch“. en.wikipedia.org. Qaraldi: 4-iyul 2025-yil.
- ↑ „1 Enoch – Early Jewish Writings“. earlyjewishwritings.com. Qaraldi: 4-iyul 2025-yil.
- ↑ Catholic Online muharrirlari. „St. Enoch“. Catholic Online. Qaraldi: 4-iyul 2025-yil.
- ↑ Wikipedia foydalanuvchilari. „Enoch – Veneration“. Vikipediya (inglizcha). Qaraldi: 4-iyul 2025-yil.
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |