Kontent qismiga oʻtish

Engel qonuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Engel qonuni — bir mamlakat miqyosida daromad bilan isteʼmol oʻrtasidagi aloqadorlikni tavsiflaydigan qonun. Nemis iqtisodchisi va stastistigi Ernst Engel (1821 — 1896) tomonidan ifodalab berilgan. K°nunning asosiy gʻoyasi milliy daromadning oziqovqat mahsulotlari uchun sarflangan hissasi farvonlikning bevosita indikatori ekanligini koʻrsatishdan iborat. Bu hissaning past boʻlishi farovonlikning yuqori ekanligini ko'rsatadi. Oilaning daromadi oʻsishi bilan oziq-ovqatga qilinadigan xarajatlar salmogʻi pasayadi, kiyimkechak, uyjoy, kommunal xizmatlar xarajatlari nisbatan kam oʻzgaradi, madaniy extiyojlarni qondirish xarajatlari hissasi esa ortadi. Daromad bilan isteʼmol oʻrtasidagi teskari proporsionallikni ifodalashda Engel egri chizigʻi qoʻllanadi.