Ending Aging
|
| |
| Asl nomi | Ending Aging: The Rejuvenation Breakthroughs that Could Reverse Human Aging in Our Lifetime |
|---|---|
| Muallif(lar) | Aubrey de Grey va Michael Rae |
| Mamlakat | Amerika Qoʻshma Shtatlari |
| Til | inglizcha |
| Janr(lar)i | Transhumanizm |
| Nashr etilgan sanasi | sentyabr 2007 |
| Nashriyot | St. Martin's Press |
| Sahifalar soni | 389/448 |
| ISBN | 978-0-312-36706-0 |
| OCLC | 132583222 |
Ending Aging: The Rejuvenation Breakthroughs that Could Reverse Human Aging in Our Lifetime — biologik gerontolog Aubrey de Grey va uning ilmiy yordamchisi Michael Rae tomonidan yozilgan hamda 2007-yilda nashr etilgan kitob. Mualliflar qarishni insonlarda kasallik, jismoniy zaiflashuv va oʻlimning asosiy sabablaridan biri sifatida bartaraf etish hamda organizmni uzoq muddat yosh holatda saqlab qolish mumkinligi haqidagi gʻoyalarni bayon qiladilar. Asarda Aubrey de Grey tomonidan ishlab chiqilgan Strategies for Engineered Negligible Senescence (SENS) konsepsiyasi batafsil tushuntiriladi. Muallif qarishni yengish ilmiy jihatdan amalga oshirilishi mumkinligini, bunga bir necha oʻn yillik ichida erishish ehtimoli borligini taʼkidlaydi hamda qarish bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etishga qaratilgan regenerativ tibbiyot usullarini tezroq rivojlantirish boʻyicha takliflarni ilgari suradi[1].
Nashrlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- St. Martin's Press tomonidan 2007-yil 4-sentyabrda chop etilgan birinchi nashri (qattiq muqova, 389 bet). ISBN 0-312-36706-6
- St. Martin's Griffin tomonidan 2008-yil 14-oktyabrda yangi xotima qoʻshilgan birinchi qayta nashri (yumshoq muqova, 448 bet). ISBN 0-312-36707-4
Tarjimalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kitob quyidagi tillarga tarjima qilingan:
- Nemis tilida: Niemals alt!: So lässt sich das Altern umkehren. Fortschritte der Verjüngungsforschung (transcript Verlag, Bielefeld, 2010).
- Ispan tilida: El Fin del Envejecimiento. Los avances que podrían revertir el envejecimiento humano durante nuestra vida (Lola Books, Berlin, 2013).
- Italyan tilida: La fine dell’invecchiamento: Come la scienza potrà esaudire il sogno dell’eterna giovinezza (D Editore, Rim, 2016).
- Portugal tilida: O fim do envelhecimento: Os avanços que poderiam reverter o envelhecimento humano durante nossa vida (NTZ, 2018).
Kitob rus tiliga rasman tarjima qilinmagan. Biroq, internetda PDF shaklida tarqatilgan muxlislarning „Otmenit starenie“ (Qarishni bekor qilish) nomli norasmiy va notijorat tarjimasi mavjud[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Carlos López-Otín; Maria A. Blasco; Linda Partridge; Manuel Serrano; Guido Kroemer (2013-06-06). "The Hallmarks of Aging". Cell 153 (6): 1194–1217. doi:10.1016/j.cell.2013.05.039. PMID 23746838. PMC 3836174. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3836174.
- ↑ „Вышла книга "Отменить старение" (Ending Aging).“ ["Отменить старение" kitobi nashr etildi] (ru). sciencevsaging.org. 2020-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-mart.