Emu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Emu, emular — yuguruvchi qushlar turkumiga mansub oila. Hozirgacha saqlanib qolgan bir turi — E. Avstraliyaning choʻl va dashtlaridagi butazorlarda yashaydi; Tasmaniya o.da oʻtgan asrda qirilib ketgan. Boʻyi 170 sm gacha, ogʻirligi 55 kg gacha. Qoʻngʻirkulrang tusda. Monogam. Uyasini nari barg, oʻt, shoxshabbalardan yasaydi. 8—10 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumining kattaligi 13x9 sm. Nari 8 haftaga yaqin tuxum bosadi. 2 yilda voyaga yetadi. Meva, urugʻ va mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. Soni kamayib bormoqda. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.