Emotikon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
smiley-yuz emotikoni
Kaomoji smileylariga misollar

Emotikon (/əˈmoʊtəkɒn/, ə-MOH-tə-kon, kamdan-kam hollarda /ɪˈmɒtɪkɒn/, ih-MOTT-ih-kon), inglizcha „emotion icon“ (emotion-his-tuygʻu, icon-belgi) soʻzlaridan olingan[1][2][3][4]. Emotikon odamning his-tuygʻularini, kayfiyatini yoki reaksiyasini ifodalash yoki vaqtni tejash usuli sifatida belgilar — odatda tinish belgilari, raqamlar va harflar yordamida yuz-ifodasini tasviriy ifoda qilish.

Birinchi ASCII kodlash jadvali emotikonlari kompyuter olimi Scott Fahlmanga tegishli boʻlib, 1982-yilda Carnegie Mellon universitetining eʼlonlar taxtasi tizimidagi xabarda „smileys“ deb nomlanuvchi — :-) va :-( — belgilarni taklif qilgan. Gʻarb mamlakatlarida emotikonlar odatda matn yoʻnalishiga toʻgʻri burchak ostida yoziladi. Yaponiyalik foydalanuvchilar yapon tili uchun zarur boʻlgan, kattaroq belgilar toʻplamidan foydalangan holda kaomoji deb nomlangan emotikonni ommalashtirishdi. Ushbu uslub 1986-yilda Yaponiyaning ASCII NET vebsaytida paydo boʻlgan[5][6].

1990-yillarning oxirlarida SMS mobil matnli xabar almashish va Internet keng tarqalgach, emotikonlar tobora ommalashib bordi va ular matnli xabarlar, Internet forumlari va e-maillarda keng qoʻllanila boshlandi. Emotikonlar texnologiya orqali muloqot qilishda muhim rol oʻynadi va baʼzi qurilmalar hamda ilovalar matnli tinish belgilaridan foydalanilmaydigan stiliz qilingan rasmlarni taqdim etdi. Ular matnga asoslangan kibermuloqot paytida yuz imo-ishoralari orqali oʻziga xos his-tuygʻularni aks ettiruvchi SMS orqali boshqa „ohang“ va his-tuygʻularni taklif qilishadi. Emotikonlar turli xil raqamli platformalar uchun uzluksiz rivojlanish holatida boʻlgan zamonaviy emojilarning kashshoflari edi. Bugungi kunda dunyo onlayn aholisining 90% dan ortigʻi emojilar yoki emotikonlardan foydalanadi[7].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „emoticon“. Cambridge Advanced Learner's Dictionary. Qaraldi: 2018-yil 22-mart.
  2. „emoticon“. American Heritage Dictionary. Qaraldi: 2018-yil 22-mart.
  3. „emoticon“. Collins Dictionary. Qaraldi: 2018-yil 22-mart.
  4. „emoticon - Definition of emoticon in English by Oxford Dictionaries“. Oxford Dictionaries - English. 2017-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „The History of Smiley Marks“. Staff.aist.go.jp. 2012-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-mart.
  6. Yasumoto-Nicolson, Ken „The History of Smiley Marks (English)“. Whatjapanthinks.com (2007-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.
  7. Williams, Alex. „(-: Just Between You and Me ;-)“. The New York Times (2007-yil 29-iyul). Qaraldi: 2018-yil 22-mart.