Emir Bajrami

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Emir Bajrami
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Burim Emir Bajrami
Tavallud sanasi 7-mart 1988-yil (1988-03-07) (36 yosh)
Tavallud joyi Pristina, RKS Kosovo,
Yugoslaviya
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Ampluasi yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Köping FF
Total 210 (30)

Emir Bajrami (talaffuzi: Emir Bayrami; 1988-yil 7-mart kuni Yugoslaviyaning Prishtina shahrida tugʻilgan) — shvetsiyalik futbolchi, „Elfsborg“ futbol klubining chap qanot himoyachisi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yil dekabr oyida Bajrami birinchi marta Shvetsiyaning 15 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasiga chaqirildi[1]. U 2006-yil 8-iyunda 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasidagi birinchi oʻyinini AQShdagi tengdoshlariga qarshi oʻtkazdi[2][3]. U 2007-yilgi (19 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi) Yevropa chempionati saralash turnirida 4 ta o‘yin o‘tkazdi: birinchi saralash bosqichida 1 ta o‘yin va ikkinchi saralash bosqichida 3 ta o‘yin oʻtkazgan[4][5][6][7].

2007-yilning oktyabr oyida Emir Bajrami ilk bor Shvetsiya (21 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi) terma jamoasiga chaqirilgan[8]. U yoshlar terma jamoasidagi debyutini 2007-yilning 12-oktyabrida Irlandiya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazdi[9]. Keyingi oʻyinda, 2007-yil 16-oktyabrda Belgiyaga qarshi oʻyinda Bajrami gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi[10]. 2009-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida qatnashgan, u yerda Shvetsiya yarim finalga qadar yetib borgan[11]. Bajrami 2011-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash turnirida yoshlar jamoasida oʻynagan[12]. 2009-yil 9-sentyabrda Bolgariya yoshlar terma jamoasi darvozasiga gol urdi[13]. 2010-yil 2-mart kuni Portugaliya bilan oʻrtoqlik oʻyinida Bajrami birinchi marta yoshlar terma jamoasi sardori boʻldi[14]. 2010-yil iyun oyida Isroil va Chernogoriyaga qarshi saralash bahslarida u yana sardorlik qildi[15][16]. 2010-yil 8-iyun kuni Chernogoriyaga qarshi saralash bahsi Bajramining 2011-yilgi yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati final bosqichiga chiqa olmagan Shvetsiya yoshlar terma jamoasi uchun so‘nggi o‘yini bo‘ldi.

2009-yilning dekabrida Emir Bajrami Erik Hamren tomonidan Shvetsiya terma jamoasiga yanvar oyida yillik turnirga chaqirildi, unda faqat Skandinaviya klublari futbolchilari qatnashdi[17]. 2010-yilning 20-yanvarida Ummon terma jamoasi bilan ushbu turning birinchi oʻyini Bajramining terma jamoadagi debyuti boʻldi. Bu uchrashuvda jami 10 nafar futbolchi debyut qildi[18].

Statistikka[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mamlakat Mavsum Oʻyin Gol
IF Elfsborg  Shvetsiya 20062010 83 14
FC Twente  Niderlandiya 20102012 41 5
AS Monaco (ijara)  Fransiya 20122013 14 1
Panathinaikos FC  Gretsiya 2013hozirga qadar 10 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. P15/88: Landslagsläger i december SvFF
  2. P18/88: Trupp till Portugal SvFF
  3. P18/88: Oavgjord premiär mot USA SvFF
  4. Sweden 4 — 1 Faroe Islands[sayt ishlamaydi] UYeFA
  5. Italy 5 — 2 Sweden[sayt ishlamaydi] UYeFA
  6. Sweden 1 — 1 Croatia[sayt ishlamaydi] UYeFA
  7. Greece 4 — 0 Sweden[sayt ishlamaydi] UEFA
  8. U21 herr: U21 herr: Bengtsson skadad, klubbkamrat ersätter SvFF
  9. U21 herr: Svensk förlust mot Irland SvFF
  10. U21 herr: Storseger mot Belgien SvFF
  11. Serbiya 1 — 3 Shvesiya[sayt ishlamaydi] UYeFA
  12. „Профиль игрока на сайте УЕФА“. 2010-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-avgust.
  13. Shvesiya 2-1 Bolgariya UYeFA
  14. U21 herr: Övertygande bortaseger mot Portugal SvFF
  15. Izrail 0-1 Shvesiya UYeFA
  16. Shvesiya 2-0 Chernogoriya UYeFA
  17. Herr: Trupp till januariturnén SvFF
  18. Seger i årets första match SvFF