Emine Erdo'g'an

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Emine Erdo'g'an (qizlik familiyasi Gulbaran), 16 fevral 1955 yilda Istanbulning Uskudar tumanida tug'ilgan. Turkiyaning 12- prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'anning rafiqasi.
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Emine Gulbaran 16- fevral 1955 yil (67 yoshda) Uskudar, Istanbul Turkiya
Millati Turk
Siyosiy partiyasi Adolat va Taraqqiyot partiyasi
Turmush oʻrtogʻi Rajab Toyyib Erdo'g'an (1978)
Bolalari Ahmet, Bilal, Esra, Sumayya
Istiqomat joy(lar)i Prezident saroyi
Dini Islom
Vebsayti tccb.gov.tr/emineerdogan

Emine Erdo'g'an (qizlik familiyasi Gulbaran [1][2] 1955 yil 16 fevralda Istanbul ning Uskudar tumanida tug'ilgan ), u Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'anning rafiqasi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

U asli Siirtlik bo'lgan Hayriya va Jamol Gulbaranning qizi bo'lib, uning bobosi Hamdi Ali Gulbaran Siirtdan Istanbulga ko‘chib kelib, Fotihda hayotini davom ettirgan. U ta'lim olishni Zaynab Komil nomli boshlang'ich maktabda boshlagan, keyinchalik Mithatposha nomli kechki san'at maktabida davom ettirgan, lekin bu yerda ta'limni nihoyasiga yetkazmagan. Emine Erdo'g'an yoshlik yillarida nodavlat tashkilotlar tadbirlarida faol ishtirok etgan. U shuningdek, "Idealist ayollar ittifoqi"ning asoschilaridan biri hisoblanadi. [1][2]

Emine Erdo'g’an “Idealist ayollar ittifoqi”da faoliyat yuritdi. U bu yerda o'tkazilgan konferentsiya jarayonida Rajab Toyyib Erdo'g'an bilan tanishdi va ular 1978 yil 4 iyulda turmush qurishdi. Ularning Ahmet Burak, Nejmettin Bilal, Esra va Sümeyye ismli to'rt nafar farzandi bor. [2]

Emine Erdo'g'an ko'ngilli faoliyatlarni keng targ'ib qilish maqsadida tashkil qilingan "Jamiyat taraqqiyotining ko'ngilli elchilari" loyihasini; bolalarga nisbatan zo'ravonlikka qarshi kurashish maqsadida tashkil qilingan loyihani; "7 juda kech" singari ilk bolalik davridagi ta'limning muhimligini ta'kidlovchi turli loyihalarni qo'llab-quvvatlab keladi. [3]

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Ağabeyi Emine Hanım'ı anlattı“. Sabah (2 ağustos 2004). 21 ekim 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7 temmuz 2012.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Emine Gülbaran Erdoğan'ın bilinmeyen öyküsü“. ensonhaber.com (21 aralık 2006). 26 kasım 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7 temmuz 2012.
  3. „Emine Erdoğan, Elazığ'da“. Hürriyet. 28 ekim 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 kasım 2016.