Emilie Högquist
Emilie Sophie Hogquist yoki Högqvist (1812-yil 29-aprel – 1846-yil 18-dekabr) shved sahna aktrisasi edi. U Qirollik dramatik teatrining yulduzi boʻlgan va shved dramasidagi birinchi mashhur shaxs sifatida atalgan va oʻzining badiiy qobiliyati uchun ham, oʻzi boshqargan adabiy salon uchun ham shved Aspaziyasi sifatida tanilgan. U tarixda Shvetsiya qiroli Oskar I bilan ishqiy munosabati bilan ham tanilgan ekan.
Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Emilie Hogquist Anders Hogquist, graf Carl De Geer va Anna Beata Hedvallning qizi edi. U aktyorlar Jean Hogquist va Hanna Hogquistning singlisi edi.
Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1821-yilda u onasi tomonidan Qirollik Dramatik Taʼlim Akademiyasining balet maktabiga oʻqishga kirdi. Maktabda u Karolina Bockning talabasi edi. Talabalik davrida u Anders Selinder tomonidan boshqariladigan Selinderska Barntheatern bolalar teatrida qatnashgan edi.
Avgust Blanche bir marta Emilie Hogquistning onasi haqida shunday degan edi: „Xudo har bir bolani bunday onadan saqlasin!“deya aytgan[1].
1826-1828-yillar orasida u Anders Petter Berggrenning sayyohlik teatr jamoasi aʼzosi sifatida Shvetsiyaga ham gastrol qilgan. 1828-yilda poytaxtga qaytib kelgach, u Stockholmdagi Qirollik dramatik teatrida shugʻullanadi.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Emilie Hogquist 1828-yilda Qirollik dramatik teatrida „Qväkaren“ nomli spektaklida debyut qildi va 1831-yilda shartnoma imzolandi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1831-1833-yillarda Emilie britaniyalik diplomat John Bloomfield, 2-baron Bloomfield bilan ishqiy munosabatda boʻlib, 1833-yil oktyabr oyida Tekla ismli qizi bor edi[1].
Badiiy adabiyotda[tahrir | manbasini tahrirlash]
Emilie va Oskar I oʻrtasidagi munosabatlar 1930-yillarda Shvetsiyada yaratilgan eng qimmat filmlardan biri boʻlgan Signe Hasso va Georg Rydeberg (1939-yil) ishtirokidagi Emilie Hogquist filmida tasvirlangan[2].
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Elise Hwasser;
- Sharlotta Ekkerman.
Adabiyotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Anteckningar om svenska qvinnor (shvedcha)
- Nordisk familjebok / Uggleupplagan. 8. Feiss — Fruktmögel (shvedcha)
- Österberg, Karin, Levenxaupt, Inga va Uolberg, Anna Greta, Svenska kvinnor: föregångare nyskapare, Signum, Lund, 1990 1990 (shvedcha)
- Nordensvan, Georg, Svensk teater och svenska skådespelare frånfGustav III to våra dagar. Förra delen, 1772-1842, Bonnier, Stokgolm, 1917 ['Gustav III dan hozirgi kungacha Shvetsiya teatri va shved aktyorlari. Birinchi kitob 1772-1842'] (shvedcha)
- Nordensvan, Georg, Svensk teater och svenska skådespelare från Gustav III to våra dagar. Senare delen, 1842-1918, Bonnier, Stokgolm, 1918 ['Gustav III dan hozirgi kungacha Shvetsiya teatri va shved aktyorlari. Ikkinchi kitob 1842-1918'] (shvedcha)
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 S Emilie Högqvist, urn:sbl:14018, Svenskt biografiskt lexikon (art av Erik Wikland), hämtad 2018-06-11.
- ↑ „Emilie Högquist“. https://en.wikipedia.org/wiki/Emilie_H%C3%B6gquist. Qaraldi: 28-noyabr 2022-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Emilie Högquist at Svenskt kvinnobiografiskt lexikon