Emil Kostadinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Emil Kostadinov
Kostadinov 2010-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Emil Lubtchov Kostadinov
Tavallud sanasi 12-avgust 1967-yil (1967-08-12) (56 yosh)
Tavallud joyi Sofia, Bolgariya
Boʻyi 1.77 m
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1985-1990 CSKA Sofia 119 (36)
1990-1994 Porto 114 (43)
1995 Deportivo La Coruña 9 (2)
1995-1996 Bayern Munich 27 (7)
1996-1997 Fenerbahçe 25 (11)
1997 UANL 9 (2)
1998 CSKA Sofia 11 (7)
1998-1999 Mainz 05 4 (1)
Milliy terma jamoa
1986-1988 Bolgariya U21 23 (8)
1988-1998 Bolgariya 70 (27)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Emil Lubtchov Kostadinov (1967-yil 12-avgustda tugʻilgan) — bolgariyalik sobiq futbolchi[1][2], hujumchi sifatida oʻynagan va Bolgariya terma jamoasi safida 2 ta Jahon chempionatida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sofiyada tugʻilgan Kostadinov faoliyatini Sofiyaning SSKA jamoasida boshlagan. Klubda Kostadinov 1980-yillarning oxirida Hristo Stoichkov va Luboslav Penev bilan kuchli trioni tuzishdi, jamoaga uch marta Bolgariya chempionati, uch karra Bolgariya kubogini qoʻlga kiritishga yordam berdi. Kubok egalari kubogining yarim finaliga chiqdi[3].

1990-yildan 1994-yilgacha „Porto“ klubida oʻynagan, ikki marta jamoa bilan Portugaliya chempionatida gʻolib boʻlgan va portugaliyalik muxlislar orasida mashhur boʻlgan. „Deportivo de La Coruña“, „Bayern“ (1996-yilda jamoa bilan UEFA kubogini qoʻlga kiritgan va Kostadinov finalda gol urgan), „Fenerbahçe“, „1. FSV Mainz 05“ va UANL Tigres klublarida oʻynagan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kostadinov 1985-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ikkita gol urgan. 1988-yildan 1998-yilgacha Bolgariya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. 70ta o‘yinda maydonga tushib, 27ta gol urgan.

Kostadinov Yevropa 1994 Jahon chempionati saralashining soʻnggi oʻyinida Fransiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda ikkita gol urganidan keyin terma jamoa miqyosida mashhurlikka erishdi. O‘yinning so‘nggi soniyasida Fransiya jarima maydonchasi ichidan o‘ng oyog‘i orqali yo‘llagan zarbasi bilan ikkinchi golini urdi. Ushbu gʻalabali gol Bolgariyaga 1994-yilgi jahon chempionati final bosqichiga yoʻl olish imkonini berdi.

Kostadinov Yevro-96 va 1998-yilgi Jahon chempionatida ham oʻynagan, ikkala turnirda ham Bolgariya ikkinchi bosqichga chiqa olmagan. 1998-yilgi Jahon chempionatida guruh bosqichida Ispaniyaga qarshi oʻyinda uchrashuvning yagona golini urgan. Yevro-2000 saralashi oldidan faoliyatini yakunlagan.

Terma jamoadagi gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Emil Kostadinov tomonidan terma jamoada kiritilgan gollar roʻyxati
T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 24.12.1988 Sharjah Stadium, Sharjah, BAA  Birlashgan Arab Amirliklari 1-0 1-0 Oʻrtoqlik
2 21.02.1989 Vasil Levski National Stadium, Sofia, Bolgariya SSSR 1-0 1-2 Oʻrtoqlik
3 5.05.1990 Estádio Brinco de Ouro da Princesa, Campinas, Braziliya  Braziliya 1-1 1-2 Oʻrtoqlik
4 27.03.1991 Hampden Park, Glasgow, Shotlandiya  Shotlandiya 1-1 1-1 1992-yilgi jahon chempionati saralashi
5 1.05.1991 Vasil Levski National Stadium, Sofia, Bolgariya  Shveysariya 1-0 2-3 1994-yilgi jahon chempionati saralashi
6 25.09.1991 Vasil Levski National Stadium, Sofia, Bolgariya  Italiya 1-0 2-1 Oʻrtoqlik
7 28.04.1992 Wankdorf Stadium, Bern, Shveysariya  Shveysariya 2-0 2-0 Oʻrtoqlik
8 14.05.1992 Olympiastadion, Helsinki, Finlandiya  Finlandiya 2-0 3-0 1994-yilgi jahon chempionati saralashi
9 3-0
10 17.11.1993 Parc des Princes, Paris, Fransiya  Fransiya 1-1 2-1 1994-yilgi jahon chempionati saralashi
11 2-1
12 12.10.1994 Vasil Levski National Stadium, Sofiya, Bolgariya Gruziya Georgia 1-0 2-0 Yevro-1996 saralashi
13 2-0
14 16.11.994 Vasil Levski National Stadium, Sofiya, Bolgariya  Moldova 4-1 4-1 Yevro-1996 saralashi
15 14.12.1994 Cardiff Arms Park, Cardiff, Uels  Uels 2-0 3-0 Yevro-1996 saralashi
16 7.06.1995 Vasil Levski National Stadium, Sofiya, Bolgariya  Germaniya 3-2 3-2 Yevro-1996 saralashi
17 7.10.1995 Vasil Levski National Stadium, Sofiya, Bolgariya Albaniya 2-0 3-0 Yevro-1996 saralashi
18 3-0
19 28.05.1996 Vasil Levski National Stadium, Sofiya, Bolgariya Shimoliy Makedoniya 1-0 3-0 Oʻrtoqlik
20 8.11.1996 Stade Josy Barthel, Luxembourg, Lyuksemburg Lyuksenburg 2-1 2-1 1998-yilgi jahon chempionati
21 8.11.1996 Supachalasai National Stadium, Bangkok, Tailan  Tailand 3-0 4-0 Oʻrtoqlik
22 14.12.1996 Tsirio Stadium, Limassol, Kipr  Kipr Respublikasi 1-0 3-1 1998-yilgi jahon chempionati saralashi
23 2.04.1997 Vasil Levski National Stadium, Sofiya, Bolgariya  Kipr Respublikasi 2-0 4-1 1998-yilgi jahon chempionati saralashi
24 3-0
25 8.06.1997 Neftochimik Stadium, Bourgas, Bolgariya Lyuksenburg 2-0 4-0 1998-yilgi jahon chempionati saralashi
26 11.10.1997 Luzhniki Stadium, Moskva, Rossiya  Rossiya 2-4 2-4 1998-yilgi jahon chempionati saralashi
27 24.03.1998 Stade Félix Bollaert, Lens, Fransiya Ispaniya bayrogʻiIspaniya 1-3 1-6 1998-yilgi jahon chempionati

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

SSKA Sofia

Porto

Bayern Munich

Bolgariya

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]