Emetulloh Kadın
| Emetulloh Kadın | |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Usmoniylar imperiyasining bosh kadın (Bosh xotin) | |||||
| Hukmronlik davri | tax. 1703/1704 – 1730-yil 20-sentyabr | ||||
| Davomchisi | Alijanob Qadin | ||||
| Tugʻilishi | 1690-yildan oldin | ||||
| Vafoti |
1740 Eski Saroy, Konstantinopol | ||||
| Dafn etilgan joy | |||||
| Turmush oʻrtogʻi | Ahmad III | ||||
| Farzandlari | Fotma Sulton | ||||
| |||||
| Sulola | Usmoniylar | ||||
| Dini | Islom, sunniylik (keyin qabul qilgan) | ||||
Emetullah Bonu Kadın (usmonli turkcha: امت اللہ کدین – „Allohning quli“, „Malika“; shuningdek, Ümmetulloh deb ham yozilgan; 1740-yilda vafot etgan) – Usmoniylar imperiyasi sultoni Ahmad III ning bosh xotini (�M8�BaşKadin�M11�), sultonning sevimli xotini va uning toʻngʻich hamda suyukli farzandi Fotma Sultonning onasi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kelib chiqishi nomaʼlum. 1690-yildan avval tugʻilgan. 1703-yil avgustida Ahmad III taxtga oʻtirgach, uning haramiga kiritilgan. Haramda unga Emetullah Bonu deb ism berilgan. Keyinchalik Ahmadning bosh va eng sevimli xotiniga aylangan. Ahmad uni boshqa xotinlaridan koʻra koʻproq sevgan va uning sharafiga masjid, maktab va chashma qurdirgan[1][2][3].
1704-yil 22-sentyabrda Emetulloh sulton Ahmadning toʻngʻich farzandi, qizi Fotma Sultonni dunyoga keltirgan. Fotma Sulton otasining eng suyukli farzandiga aylangan. Emetullohning boshqa farzandlari boʻlgan yoki boʻlmagani nomaʼlum[1][2][3].
1730-yilda Lola davri Patrona Halil qoʻzgʻoloni bilan yakunlandi va sulton Ahmad taxtdan agʻdarilib, qizi Fotma Sulton va uning eri, bosh vazir Nevşehirli Damat Ibrohim posho bilan birga zindonga tashlandi. Emetulloh boshqa xotinlar bilan birga oʻz mulklari va zargarlik buyumlaridan mahrum etildi hamda Eski Saroyga qamab qoʻyildi. 1740-yilda Ematulloh oʻsha yerda vafot etdi. Oʻlimidan keyin Istanbuldagi Lala Mustafo posho qabrining yonida yoki haram muallimasi Neberf xalfa va muazzin Abdulganfning qabri yonida dafn etilgan[1][2][3].
Farzandlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ahmad III va Emetullohning kamida 1 farzandi boʻlgan[1][2][3]:
- Fotma Sulton (1704–1733) – sulton Ahmadning toʻngʻich va eng suyukli farzandi. 2 marta turmushga chiqqan va ikkinchi eri, bosh vazir Ibrohim poshodan 2 oʻgʻil va 2 qiz farzand koʻrgan. Fotma Sulton eri Ibrohim posho bilan birgalikda Lola davrida haqiqiy siyosiy kuchga aylangan.
Xayriya ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Emetulloh saxovatli va rahmdil ayol boʻlib, xayriya ishlarida juda faollik koʻrsatgan.
1707-yilda sulton Ahmad unga Galatadagi bir novvoyxona, Simkeşehandagi 150 dan ortiq xonali karvonsaroy va 30 dan ziyod doʻkon joylashgan yerlarni inʼom qilgan. Ulardan keladigan mablagʻlar hisobidan Emetulloh masjid, maktab va chashma qurdirib, 50 nafar bolaning taʼlim olishini, qariyb 100 kishini esa ish bilan taʼminlagan. 1728-yilda Emetulloh Ayazma, Imrohor va Üsküdarda yana 3 ta chashma qurdirib, shoir Ahmad Nedimning maqtovlarini qozongan[1][2][3].
Mazkur inshootlarning aksariyati 1956-yilda Boyazid maydoni va Aksaray oʻrtasida yangi yoʻl qurilganida buzib tashlangan[1][2][3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 3 4 5 6 Sakaoğlu, Necdet. Bu mülkün kadın sultanları: valide sultanlar, hatunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler, Oğlak bilimsel kitaplar. İstanbul: Oğlak Yayıncılık ve Reklamcılık, 2008 — 416–417-bet. ISBN 978-975-329-623-6.
- 1 2 3 4 5 6 Meḥmed S̱üreyyā; Kahraman, Seyit Ali. Sicill-i Osmanî, Kültür Bakanlığı, Türkiye Ekonomik ve Toplumsal Tarih Vakfı, Eski Yazıdan Yeni Yazıya, İstanbul: Tarih Vakfı Yurt Yayınları, 1996 — 11-bet. ISBN 978-975-333-038-1.
- 1 2 3 4 5 6 Uluçay, M. Çağatay. Padişahların Kadınları ve Kızları (tr). Ötüken, 2011 — 125–127-bet. ISBN 978-975-437-840-5.