Emancipation

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Emancipation (film, 2022)dan yoʻnaltirildi)
Emancipation
Fayl:Emancipation Release Poster.jpg
Release poster
Rejissyor(lar) Antoine Fuqua
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) William N. Collage
Rollarda
Bastakor(lar) Marcelo Zarvos
Kinematografiya Robert Richardson
Muharrir(lar) Conrad Buff IV
Studiya(lar)
Distribyutor Apple Studios
Chiqarilgan sanasi
  • 2-dekabr, 2022-yil(2022-12-02) (United States)
  • 9-dekabr, 2022-yil(2022-12-09) (Apple TV+)
Davomiyligi 132 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha

Emancipation — 2022-yilda Antuan Fukua tomonidan suratga olingan tarixiy jangovar film. Filmda 1860-yillarda Luiziana shtatida oʻz plantatsiyasidan qochgan qul sifatida bosh rolni Uill Smit ijro etgan. Uilyam N. Kollaj tomonidan yozilgan film ssenariysi sobiq qul Gordonning (filmda „Piter“ nomi bilan atalgan) hayotiy hikoyasi va uning nozir tomonidan qattiq kaltaklangan holatdagi yalangʻoch fotosuratlariga asoslangan. 1863-yilda butun dunyo boʻylab boshlangan abolitsionizm harakati Amerika qulligining shafqatsizligini isbotladi[1]. Filmda Ben Foster va Charmeyn Bingva ham rol oʻynagan.

"Emancipation" filmining ilk namoyishi 2022-yil 1-oktabrda Vashingtonda boʻlib oʻtdi. 2022-yil 2-dekabrda maxsus kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi. Apple TV+ tomonidan 2022-yil 9-dekabrda striming chiqishi amalga oshirilgan. Filmni tanqidchilar turlicha eʼtirof etishdi.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

1860-yillarda afro-amerikalik qul Piter Luizianada qullikdan qochadi.[2]

Kasting[tahrir | manbasini tahrirlash]

 

Tasvirga olish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 15-iyun kuni Antuan Fukua Uilyam N. Kollajning maxsus ssenariysi asosida "Emancipation" filmini suratga olishni boshladi. Bosh rol uchun Uill Smit tanlandi[3]. 2018-yilda film gʻoyasi ustida ishlay boshlagan prodyuser Joi Makfarlend ssenariy yozish uchun Kollajni yolladi[4]. Filmni suratga olish jarayonlari haqida Fuqua shunday fikr bildirgan:

"Ssenariyni birinchi marta o‘qiganimga deyarli ikki yil bo‘ldi. Uning mazmuni mening qalbimga shunchalik kuchli ta'sir qildiki, ta'sirini ta'riflab berishning imkoni yo'q. Lekin siz meni tushunasiz deb o'ylayman. Hozir ko'chada o'zim bilan sodir bo'lgan ba'zi hodisalarni ham ko'rmoqdamiz. Filmda qayg'u bor, g'azab bor, sevgi, ishonch va umid bor... Buni ko'rish muhim. Men kuzatayotgan eng umidli narsa shundaki, qullar endi qullikka qarshi kurashmaydilar."[3]

Warner Bros, MGM, Lionsgate va Universal Picturesni film namoyish huquqiga egalik qilish uchun taklif qilishdi. Oxir-oqibat ushbu huquqni Apple 130 million dollardan koʻproq narx evaziga qoʻlga kiritdi[1][5][6]. 2021-yil avgust oyida Ben Foster, Charmeyn Bingva, Gilbert Ovuor va Mustafo Shakir aktyorlar tarkibiga qoʻshildi[7]. Smit filmdagi roli uchun 35 million dollar ishlab oldi[8].

Asosiy suratga olish ishlari 2021-yil 3-mayda Los-Anjelesda boshlanishi rejalashtirilgan edi[9]. Jarayon 2021-yilning 21-iyunida Jorjiyada boshlanishi belgilandi[10]. 2021-yilgi Saylovning halollik toʻgʻrisidagi qonuni tufayli 12-aprelda filmning boshqa joyda suratga olinishi eʼlon qilindi. Smit va Fuqua qoʻshma bayonotda shunday dedilar: „Biz saylovchilar kirishini cheklash uchun moʻljallangan regressiv ovoz berish qonunlarini qabul qiladigan hukumatga iqtisodiy yordam bera olmaymiz“[10][11]. Suratga olish joyini koʻchirish taxminan 15 million dollarga tushgani xabar qilingan[10]. Suratga olish ishlari 2021-yilning 12-iyulidan 21-avgustiga qadar Yangi Orleanda boʻlib oʻtishi eʼlon qilindi[12]. 2-avgust kuni bir nechta ijobiy COVID-19 testlari natijasida suratga olish ishlari besh kunga toʻxtatildi[13]. Noyabr va dekabr oylarida film uchun qoʻshimcha kasting eʼlon qilindi[14][15].

Namoyish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 1-oktabrda Vashingtonda boʻlgan Kongress Qora Kokus jamgʻarmasining 51 yillik qonunchilik konferensiyasida "Emancipation" filmi namoyishi boʻlib oʻtdi. Premyeradan keyingi savol-javob muhokamasi uchun Smit va Fuqua ishtirok etdi[16]. Shuningdek, film Los-Anjelesda 2022-yil 24-oktabrda namoyish etildi[17]. Film premyerasi 2022-yil 2-dekabrda kinoteatrlarda ham boʻlib oʻtdi, soʻngra 9-dekabrda Apple TV+da chiqdi[18].

2022-yilning may oyida filmning namoyishi 2023-yilga kechiktirilgani haqida xabar berilgan edi. Bunga koʻplab ishlab chiqarish kechikishlari, Smitning 94-Oskar mukofotlari marosimida Kris Rokni urishi haqidagi bahs-munozaralar va Apple tomonidan taqdim etilgan filmlarning tigʻiz jadvali sabab boʻlgan[19]. Keyinchalik u 2022-yil dekabr oyiga koʻchirildi.

Qabul[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film haqida Rotton Tomatoes web-saytida 40 nafar tanqidchilar sharhlar qoldirishgan. Ulardan 50%i ijobiy fikr boʻlib, oʻrtacha hisobda 6,1/10 ball toʻpladi. Veb-saytda shunday deyilgan: „Emancipation filmi jangovar film hisoblanadi va real hayot voqealari aks etgan“. Bu filmga 18 nafar tanqidchilar 100 balldan 57 ball berishdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Fleming. „Huge Virtual Cannes Battle: Bids North Of $75 Million On Antoine Fuqua-Will Smith Runaway Slave Tale 'Emancipation'“. Deadline Hollywood (2020-yil 24-iyun). Qaraldi: 14-may 2021-yil.
  2. „Emancipation“. apple.com. Apple Studios. Qaraldi: 2-dekabr 2022-yil.
  3. 3,0 3,1 Fleming. „Antoine Fuqua & Will Smith Runaway Slave Thriller 'Emancipation' To Be Introduced At Virtual Cannes Market; Based On Indelible 'Scourged Back' Photo“. Deadline Hollywood (2020-yil 15-iyun). Qaraldi: 14-may 2021-yil.
  4. McNary. „Studios Bidding Big for Will Smith-Antoine Fuqua's 'Emancipation'“. Variety (2020-yil 24-iyun). Qaraldi: 19-avgust 2021-yil.
  5. Fleming. „Apple & Warner Bros Down To Wire On 'Emancipation' At Virtual Cannes; Bids In Record Setting 1330 Million Gross Range“. Deadline Hollywood (2020-yil 26-iyun). Qaraldi: 14-may 2021-yil.
  6. Fleming. „Apple Wins 'Emancipation'; Will Smith's Westbrook Relationship With Toppers Zack Van Amburg & Jamie Erlicht At Sony Helped Seal Festival Record Pre-Buy“. Deadline Hollywood (2020-yil 1-iyul). Qaraldi: 14-may 2021-yil.
  7. Grobar. „Ben Foster, Charmaine Bingwa, Gilbert Owuor & Mustafa Shakir Join Antoine Fuqua's 'Emancipation'“. Deadline Hollywood (3-avgust 2021-yil). Qaraldi: 3-avgust 2021-yil.
  8. Lang. „Inside Movie Stars' Salaries: Joaquin Phoenix Nabs $20M for Joker 2, Tom Cruise Heads to Over 1600M and More“. Variety (20-iyul 2022-yil). Qaraldi: 21-iyul 2022-yil.
  9. „Emancipation - Production Listing“. Productionlist.com (15-mart 2021-yil). 2021-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-may 2021-yil.
  10. 10,0 10,1 10,2 Fleming. „Will Smith & Antoine Fuqua Confirm Georgia Exit Of 'Emancipation': "We Cannot In Good Conscience Provide Economic Support" After Recent Election Law – Update“ (inglizcha). Deadline Hollywood (12-aprel 2021-yil). Qaraldi: 12-aprel 2021-yil.
  11. Wicker. „Will Smith and Antoine Fuqua film pulled from Georgia over voting bill“. The Guardian (12-aprel 2021-yil). Qaraldi: 18-avgust 2021-yil.
  12. „Film and TV Projects Going Into Production - Emancipation“. Variety Insight. 2021-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-may 2021-yil.
  13. Andreeva. „'Emancipation' Will Smith-Antoine Fuqua Apple Movie Pauses Production After Positive Covid Tests“. Deadline Hollywood (1-avgust 2021-yil). Qaraldi: 3-avgust 2021-yil.
  14. Grobar. „Antoine Fuqua's 'Emancipation' Adds Steven Ogg, Grant Harvey, Ronnie Gene Blevins & More“. Deadline Hollywood (11-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 11-noyabr 2021-yil.
  15. Grobar. „Antoine Fuqua's Apple Thriller 'Emancipation' Adds Newcomer Imani Pullum“. Deadline Hollywood (2-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 23-mart 2022-yil.
  16. Pina. „Will Smith's Apple Thriller 'Emancipation' Gets First Screening“. The Hollywood Reporter (1-oktabr 2022-yil). Qaraldi: 2-oktabr 2022-yil.
  17. Gardner. „Will Smith Hosts "Epic" Screening of 'Emancipation' With Rihanna, Dave Chappelle and Tyler Perry as Guests“. The Hollywood Reporter (24-oktabr 2022-yil). Qaraldi: 25-oktabr 2022-yil.
  18. Fleming. „Apple Sets December Theatrical Release Date For Will Smith's 'Emancipation'; Watch First Trailer & Read Q&A With Director Antoine Fuqua“. Deadline Hollywood (3-oktabr 2022-yil). Qaraldi: 3-oktabr 2022-yil.
  19. Anderson. „Apple Delays New Will Smith Movie Due to Chris Rock Slapping Controversy“. Comic Book Resources (6-may 2022-yil).