Elvis Stojko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Elvis Stojko
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Elvis Stojko
Davlat Kanada bayrogʻi Kanada
Murabbiyi Uschi Keszler
Oldingi murabbiylari Dug Lee

Elvis Stojko (talaffuzi: Elvis Stoyko; 1972-yil 22-mart, Nyumarket, Ontario) — yakka holda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan kanadalik figurali uchuvchi. Ikki karra Olimpiya kumush medali sovrindori, uch karra jahon chempioni, yetti karra Kanada chempioni.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991—1993-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991-yilgi Jahon chempionatida Stoyko 4 sakrashli tryukni muvaffaqiyatli bajargan birinchi konkida uchuvchisi boʻlgan, hakamlar mahorati uchun past baho berganligi sababli atigi oltinchi oʻrinni egallagan. Stoyko 1992-yilda jahon chempionatida birinchi marta medal sohibiga aylanadi[1].

1994—1998-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yilgi Jahon chempionatida Stoyko har ikkala dasturda gʻolib chiqqan, erkin dasturda 6,0 ball toʻplab birinchi marta jahon chempioni boʻlishga muvaffaq boʻlgan. 1994-yilgi Olimpiada oʻyinlarida qisqa dasturdagi chiqishdan soʻng u ikkinchi oʻrinni egalladi (uning asosiy raqobatchilari (Kurt Brauning, Briaan Boitano va Viktor Petrenko) oʻz dasturlarida xatolikka yoʻl qoʻydilar).

Stojko 1994—1995-yilgi mavsumni Kanada chempionati vaqtida jarohat olib boshlagan. Shunga qaramay, u 1995-yilgi jahon chempionatida gʻolib chiqdi. Qisqa dasturdan soʻng u T.Eldrijga yutqazib, ikkinchi oʻrinni egalladi, ammo qisqa dasturdanda qiyinroq erkin dasturni bexato yakunlab, ikkinchi jahon chempionligini qoʻlga kiritdi. 1996-yilgi Jahon chempionatida, qisqa dasturdagi chiqishda yiqilib yettinchi oʻrinni egalladi, erkin dasturda esa toʻrtinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Elvis Stojko 1997-yilda Gran-pri finalida birinchi marta halqa tryukini amalga oshirib, gʻolib chiqdi. 1997-yilgi jahon chempionatida Stojko qisqa dasturdagi chiqishdan keyin toʻrtinchi oʻrinni, erkin dasturda esa birinchi oʻrinni egallab uchinchi marta jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.

Stojko 1998-yilgi Olimpiadada koʻzga koʻringan konkida uchuvchilardan biri edi. Qisqa dasturda qoʻsh aksel sakrashni bexato amalga oshirdi va 2-oʻrinni egalladi. Erkin dasturda ham Stojko ikkinchi oʻrinni egalladi va ikkinchi Olimpiya kumushini qoʻlga kiritdi. Stojko erkin dastur davomida jarohat olgan, natijada 1998-yilgi Jahon chempionatida qatnashmadi[2].

1999—2002-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jarohatlari bitgan Stojko 1999-yilgi jahon chempionatida qatnashib, 4-oʻrinni egalladi. 2002-yilgi Olimpiadada 8-oʻrinni egallaganidan soʻng u oʻz sport faoliyatini yakunladi.

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqalar/mavsum 88/89 89/90 90/91 91/92 92/93 93/94 94/95 95/96 96/97 97/98 98/99 99/00 00/01 01/02
Qishki Olimpiya oʻyinlari 7 2 2 8
Jahon chempionatlari 9 6 3 2 1 1 4 1 4 2 10
Toʻrt qitʼa chempionati 3 1
Kanada chempionati 2 2 2 2 1 1 1 1 1 1 1
Gran-pri finali 2 1 2 2
Gran-pri seriyasining bosqichlari: Skate America 4 3
Gran-pri seriyasi bosqichlari: Skate Canada 1 1 2 2 2
Gran-pri seriyasining bosqichlari: Borfost Cup on Ice 1 1 6
Gran-pri seriyasining bosqichlari: Trophee Lalique 3
Gran-pri seriyasi bosqichlari: NHK Trophy 1 1
Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati 6 8

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]