Elsari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Elsari — tabiiy past boʻyli nok navi. R.R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tekshirish institutida Lyubimitsa Klappa va kuzgi Qizil nashvati navlarini chatishtirib chiqarilgan (S.K. Sharipov). Daraxti balandligi 4–5 m, shoxshabbasi kengligi 3,5 m, yogʻochi pishiq. Daraxti tez hosilga kiradi, serhosil. Mevasi avg .ning ikkinchi yarmida pishib yetiladi, vazni 250—300 g , shakli noksimon, bir oz notekis, poʻsti yupqa, silliq, rangi och sariq, quyoshga qaragan tomoni toʻq qizil. Eti sargʻishoq, sersuv, shirinnordon, ogʻizda eriydi, xushboʻy. Yangiligida yeyiladi. Saqlashga va tashishga chidamli.