Elpida Karamandi
| Elpida Karamandi | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
1920-yil 1-yanvar Florina, Gretsiya |
| Vafoti | 1942-yil 3-may |
| Fuqaroligi | Yunoniston va Yugoslaviya qirolligi |
| Mukofotlari | Yugoslaviya milliy qahramoni |
Elpida Karamandi (maked.: Елпида Караманди; 1920-yil 1-yanvarda tugʻilgan – 1942-yilda vafot etgan) – kelib-chiqishi arumin boʻlgan Yugoslaviya partizani va qarshilik harakati qatnashchisi.
Karamandi 1920-yil 1-yanvarda Gretsiyaning Florina shahrida aruminlar oilasida dunyoga kelgan. Onasi turmush oʻrtogʻi bilan ajrashgach, oʻz qarindoshlari oldiga, oʻsha vaqtda Yugoslaviya Qirolligiga qarashli boʻlgan Bitola shahriga koʻchib oʻtgan va u yerda yana turmush qurgan. Karamandi Bitolada voyaga yetgan va oʻsha yerda taʼlim olgan. Keyinroq oʻqishini Belgradda davom ettirgan. U yerda 1939-yilda Yugoslaviya kommunistik yoshlar ittifoqi (SKOJ) aʼzosi boʻlgan. Ikkinchi jahon urushi boshlanganida Karamandi Bitolaga qaytgan. 1941-yil iyun oyida Yugoslaviya Kommunistik Partiyasiga qoʻshilgan. Biroq uning faoliyati bolgar politsiyasi tomonidan fosh etilgan va hibsga olingan. Qamoqdan chiqqach, Karamandi bosqinchilarga qarshi kurashni davom ettirgan.
1942-yil aprel oyida Karamandi Bitolani tark etib, Birinchi Bitola partizanlar otryadiga qoʻshilgan. 1942-yil 3-may kuni ularning otryadi bolgar politsiyasi tomonidan qurshab olingan. Elpida Karamandi ogʻir yaralanib, asirga olingan va qiynoqlarga duchor qilingan holda bolgar qamoqxonasida vafot etgan[1][2]. Elpida Karamandi 1951-yil 11-oktyabrda Yugoslaviya milliy qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Merosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1984-yilda Yugoslaviya milliy qahramonlari qatorida pochta markasiga Elpida Karamandining tasviri tushirilgan[3]. Bitola shahridagi Gradski bogʻida uning byusti oʻrnatilgan, shuningdek, koʻchalardan biriga ham uning nomi berilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Jancar-Webster, Barbara. Women & Revolution in Yugoslavia, 1941-1945 (en). Arden Press, 1990 — 134-bet. ISBN 978-0-912869-09-4.
- ↑ Kovačević, Dušanka. Women of Yugoslavia in the National Liberation War (en). Conference for Social Activities of Yugoslav Women, 1977 — 52-bet.
- ↑ „Stamp: Elpida Karamandi (Yugoslavia(Women - National Heroes of Yugoslavia) Mi:YU 2038,Sn:YU 1674d,Yt:YU 1918,Sg:YU 2130“ (en). Colnect. Qaraldi: 2022-yil 30-dekabr.