Elon universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Elon universiteti
Xalqaro nomi Elon university
Shiori Ilmiy va ruhiy yog'du
Asos solingan 1889-yil; 133 yil oldin[1]
Oʻquv yurti turi xususiy universitet
Prezident Connie Ledoux Book
Talabalari 7,117
Manzili Elon, Shimoliy Karolina,AQSh
Vebsayti wwww.elon.edu

Elon universiteti Shimoliy Karolina shtatining Elon shahridagi xususiy universitet boʻlib, 1889-yilda Elon kolleji sifatida tashkil etilgan va hozirda oltita oʻquv muassasalarining bakalavr darajasini, magistr yoki professional doktorlik darajasi boʻyicha taʼlim shakllari mavjud.

Universitet Shimoliy Karolinaning Piedmont mintaqasida joylashgan boʻlib, Greensboro va Raleigh shaharlari orasidagi suburban hududdagi kampus maydoni 656 akr (265 gektar) ni egallagan. Elon universitetida taʼlim oluvchi bakalavrlarining yigirma foizi Shimoliy Karolina shtati ning mahalliy aholisi. Elonning kollejlararo atletika jamoalari sport musobaqalarida NCAA division I atletikasida Colonial Athletic assotsiatsiyasi aʼzosi sifatida ishtirok etadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elon prezidentlari
Prezident Kimdan Kimga
Uilyam S. Long 1889 yil 1894 yil
Uilyam Uesli Staley 1894 yil 1905 yil
Emmett Leonidas Moffitt 1905 yil 1911 yil
Uilyam Allen Xarper 1911 yil 1931 yil
Leon Edgar Smit 1931 yil 1957 yil
Jeyms Erl Danieli 1957 yil 1973 yil
Jeyms Fred Yang 1973 yil 1998 yil
Leo Maykl Lambert 1999 yil 2018
Connie Ledoux Buk 2018

Elon kolleji Christian Connection tomonidan tashkil etilgan boʻlib, keyinchalik u United Church of Christ tarkibiga kirgan. Elon kolleji nizomi Shimoliy Karolina qonun chiqaruvchi organi tomonidan 1889 yilda chiqarilgan. Uilyam S. Long birinchi prezident edi va talabalar soni umumiy 76 tani tashkil etgan. 1923 yilda yongʻin tufayli kampusning koʻp qismi, shu jumladan maktab faoliaytiga doir arxiv yozuvlari, sinf xonalari, kutubxona va cherkovni vayron boʻlgan. Vasiylik kengashi soʻroviga koʻra qayta qurish ishlari boshlanadi. Yongʻindan keyingi yillarda qurilgan koʻplab binolar hali ham Elon kampusining asosini tashkil qiladi.

Koʻp yillar davomida asosan Shimoliy Karolina aholisini talaba sifatida qabul qilgan universitet 1970-yillarning oʻrtalarida Atlantika okeanining oʻrta shtatlaridan koʻplab talabalarni qabul qila boshladi hamda qabul qilish uchun akademik standartlariga oʻzgartirish kiritdi.[2] 21-asrning boshiga kelib, Elon talabalarining taxminan 68 foizi boshqa shtatlardan kelgan va ular yuqori akademik standartlarga javob bergan taqdirdagina qabul qilingan.[3] 2013 yilga kelib, boshqa joylardan kelgan talabalarning ulushi 82 foizini tashkil etadi.[4] Elonning oʻzgarishi Pensilvaniya universitetidan Jorj Kellerning " Kollejdagi oʻzgartirishlar: mahalliy kollejning milliy darajada tanilish tarixi " nomli akademik tadqiqotining mavzusi boʻldi. Jons Xopkins universiteti nashriyoti tomonidan chop etilgan ushbu tadqiqotda Elon qanday qilib mintaqaviy diniy kollejdan tanlab olingan, mamlakat boʻyicha tan olingan universitetga aylangani tasvirlangan.[5]

Elon endi United Church of Christga aloqador emas. [6][7] Elonning missiyasi bayonnomasida taʼkidlanishicha, universitet „taʼsischilarning ongni, tanani va ruhni oʻzgartiradigan, fikrlash va vijdon erkinligini ragʻbatlantiradigan akademik hamjamiyat haqidagi qarashlarini qabul qiladi“ va „aʼlo oʻqitish va ilmiy yutuqlarni missiyasiga aylantirgan fakultet bilan hamkorlikda talabalarni ilmiy salohiyatini oshirish va iqtidorli talabalar hamjamiyatini tashkil etish“ [8] ga eʼtibor qaratadi.

2017-yil 9-oktabrda Elon Vasiylik kengashi doktor Konstans „Connie“ Ledoux Bookni universitetning to‘qqizinchi prezidenti etib sayladi. Book 2018-yil 1-martda Elon universitetining birinchi ayol prezidenti bo‘ldi. [9]

Kampus[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elonning tarixiy kampusi Shimoliy Karolinaning Piedmont mintaqasida, 50 000 aholisi boʻlgan Burlington shahriga yaqin joyda joylashgan. Elon Greensboro shahridan 20 daqiqa va Dyuk, Shimoliy Amerika shtati, UNC-Chapel Xill, UNC-Grinsboro, Shimoliy Karolina A&T shtat universiteti, Guilford kolleji va Veyk Forest kabi boshqa koʻplab universitetlarga bir soatlik yoʻl masofasida joylashgan.

Elonning 656 akrli kampus ettita yirik qismga boʻlingan: Tarixiy shaharcha, Markaziy kampus, Global qoʻshnichilik, Oaks, Mill Pointdagi stantsiya, Danieley markazi, Sharqiy Qism, Kolonnalar va Janubiy kampus. Talabalar shaharchasida 77 ta turar joy binolari va 34 ta oʻquv binolari mavjud. Elon shuningdek, oʻz kampusida koʻplab koʻllar va favvoralarga ega. Elon kolleji tarixiy okrugi va Jonston xoll tarixiy joylar milliy reestriga kiritilgan .

Spike Li Elonni " He Got Game " filmi uchun universitet joylaridan biri sifatida suratga olgan. Alamance binosi, Fonvil favvorasi va Moseley markazining tashqi hovlisi filmning „Texnika universiteti“ uchun sahna vazifasini oʻtagan.

Kampus hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitetda 250 dan ortiq kampus tashkilotlari va dasturlari mavjud,12 ta milliy qardoshlik va 13 ta milliy sororities kabi dasturlar shular jumalasidan.  

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Elon University Facts & Figures“. Elon University. Qaraldi: 2019-yil 11-avgust.
  2. George Keller, Transforming a College: The Story of a Little Known Collegeʼs Strategic Climb to National Distinction, (Johns Hopkins University Press, 2004)
  3. Renn, Kristen A; Edwards, William A (2005) "Transforming a College: The Story of a Little-Known College's Strategic Climb to National Distinction (review)" The Review of Higher Education 28 (4): 637–638 https://archive.org/details/sim_review-of-higher-education_summer-2005_28_4/page/637. 
  4. „Factbook“. Qaraldi: 2019-yil 18-may.
  5. George Keller, Transforming a College: The Story of a Little Known Collegeʼs Strategic Climb to National Distinction, (Johns Hopkins University Press, 2004), 109
  6. „College and Universities - United Church of Christ“. Ucc.org. Qaraldi: 2019-yil 28-mart.
  7. „Is Elon's religious affiliation still prevalent?“. Elon News Network. Qaraldi: 2020-yil 9-oktyabr.
  8. „About Elon University“. elon.edu.
  9. Stancill. „Elon University's first female president takes the reins“ (en). newsobserver. Qaraldi: 2019-yil 5-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]