Kontent qismiga oʻtish

Elmira Süleymanova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Elmira Süleymanova
1-chi Ombudsman
Mansab davri
2-iyul 2002 – 29-noyabr 2019
Prezident Ilhom Aliyev
Vorisi Sabina Aliyeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 17-iyul 1937-yil
Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR
Vafoti 25-aprel 2024-yil(2024-04-25)
(86 yoshda)
Boku, Ozarbayjon
Alma mater Boku Davlat universiteti
Ozarbayjon milliy fanlar akademiyasi

Elmira Teymur qizi Suleymanova (ozarbayjoncha: Elmira Teymur qızı Süleymanova; 1937-yil 17-iyul – 2024-yil 25-aprel) – ozarbayjonlik kimyogar va davlat arbobi. 2002-yilda Ozarbayjon Respublikasining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) etib tayinlangan[1].

Suleymanova 1937-yil 17-iyulda Boku shahrida tugʻilib, Ozarbayjon Davlat universitetining kimyo fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Keyinchalik Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi Neft-kimyo jarayonlari institutida laborant boʻlib ishlagan va keyinchalik laboratoriya mudiri lavozimiga koʻtarilgan. 1967-yilda aspiranturani, 1980-yilda doktoranturani tamomlagan. 1988-yildan universitet professori boʻlib ishlagan. 1997-yildan Nyu-York fanlar akademiyasi aʼzosi boʻlgan. 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi va kimyo sanoati uchun 40 ga yaqin ixtirolarda ishtirok etgan[2].

Suleymanova neft kimyosi va organik kimyo sohasida mutaxassis boʻlgan. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy kengashi bilan maslahat maqomiga ega boʻlgan „Ozarbayjon ayollar va taraqqiyot markazi“ notijorat tashkilotining asoschisi va faxriy prezidenti boʻlgan[3].

Suleymanova 2024-yil 25-aprelda Bokuda 86 yoshida vafot etgan[4].

Ombudsman sifatidagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjon milliy majlisi Suleymanovani 2002-yil 2-iyulda birinchi Ombudsman etib saylagan[5] va uni 2010-yilda qayta shu lavozimga saylagan[6].

2004-yilda Ramil Safarovga 30 yillik qamoq jazosi berilganida, Suleymanova Safarovning jazosi haddan tashqari qattiq ekanligini va „Safarov ozarbayjon yoshlari uchun vatanparvarlik namunasi boʻlishi kerak“ degan fikrni bildirgan[7][8]

2015-yilda u Osiyo Ombudsmanlar assotsiatsiyasi vitse-prezidenti etib saylandi[9] va shuningdek, Yevropa Ombudsman instituti aʼzosi ham boʻldi. Ombudsman sifatida u ayollar, keksalar, yoshlar, kambagʻallar va zoʻravonlik qurbonlarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirgan.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev uni inson huquqlarini himoya qilishdagi xizmatlari uchun 2007-yilda Shon-sharaf ordeni, 2017-yilda esa Sharaf ordeni bilan taqdirlagan[10][11][12].

  1. Bakı Dövlət Universtiteti „CD Dedicated to the Fifth Anniversary of the Commissioner for Human Rights (Ombudsman) of the Republic of Azerbaijan“. Milli Kitabxana. 2022-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-aprel.
  2. „Elmira Suleymanova (Ozarbayjon) | WikiPeaceWomen – English“. wikipeacewomen.org. 2019-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-may.
  3. „Azerbaijan "Women and Development" Center (AWDC)“. Azer Web. 2019-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-may.
  4. „Elmira Süleymanova vəfat etdi“ (az). Qafqazinfo (2024-yil 25-aprel). 2024-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-aprel.
  5. „Decisions of the Milli Majlis on election of the Commissioner“ (en). www.ombudsman.gov.az. 2020-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-mart.
  6. „Commissioner For Human Rights Re-Elected“. Xalqaro Ombudsman Instituti (IOI). 2018-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-aprel.
  7. Grigorian, Marina; Orujev, Rauf „Murder Case Judgement Reverberates Around Caucasus“. Institute for War and Peace Reporting (2006-yil 20-aprel). 2012-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 12-sentyabr.
  8. "Zerkalo" gazetasi, Boku, 2004-yil 28-fevral
  9. „Elmira Suleymanova elected vice-president of Asian Ombudsman Association“ (en). Report News Agency (2020-yil 21-iyun). 2019-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-aprel.
  10. E. T. Süleymanovanın „Şöhrət“ ordeni ilə təltif edilməsi haqqında (Wayback Machine saytida 5 January 2019 sanasida arxivlangan) (ozarbayjoncha)
  11. E. T.Süleymanovanın „Şərəf“ ordeni ilə təltif edilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı (Wayback Machine saytida 24 March 2018 sanasida arxivlangan) (ozarbayjoncha)
  12. Elmira Süleymanova „Şərəf“ ordeni ilə təltif edilib (Wayback Machine saytida 5 January 2019 sanasida arxivlangan) (ozarbayjoncha)