Elmar Gasimov
| Elmar Gasimov | |
|---|---|
|
2016-yilgi Yozgi Olimpiya o‘yinlarida dzyudo, Gasimov vs Xaybulaev | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | Erkak |
| Fuqaroligi | Ozarbayjon |
| Tavallud sanasi |
1990-yil 2-noyabr Xırdalan, Ozarbayjon SSR |
| Boʻyi | 188 cm |
| Vazni | −100 kg |
| Sport | |
| Mamlakat |
|
| Qaysi sport | Dzyudo |
Elmar Gasimov (1990-yil 2-noyabrda tugʻilgan) – 100 kg vazn toifasida kurashadigan ozarbayjonlik dzyudochi. U 2012 va 2016-yilgi Olimpiada oʻyinlarida qatnashgan va 2016-yilda kumush medalni qoʻlga kiritgan[1][2][3]. U shuningdek 201-yilgi Jahon Chempionatida ham bronza medalni[3] va 2014-yilda kumush medalni[4] va 2 ta bronza medalni (2012 – 2019) Dzyudo bo'yicha Yevropa Chempionatida qoʻlga kiritgan[5][6].
Shuningdek, u 2009-yilda Yerevanda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida finalda Lukash Krpalekni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[7][8]. U 2014-yilgi Yevropa chempionati va 2016-yilgi Olimpiada finallarida Krpalekga yutqazib qoʻygan edi[1].
Gasimov 2019-yilgi jahon chempionatida bronza medali uchun bahsda Aaron Wolfga 33 soniya qolganida yutqazib, ikkinchi bronza medalini qoʻldan boy berdi[9]. U 1999-yilda dzyudo bilan shugʻullana boshlagan[4].
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Elmar Gasimov 1990-yil 2-noyabrda Ozarbayjonning Xirdalan shahrida tugʻilgan. Elmar Gasimov 2000-yildan beri sport bilan shugʻullanib keladi.
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Elmar Gasimov 2007-yilda birinchi muvaffaqiyatga erishdi. U U-20 Ozarbayjon chempionatida kumush, U-23 Ozarbayjon chempionatida uchinchi oʻrinni egallab bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2008-yilda u xalqaro musobaqalarda ishtirok etdi. Elmar Gasimov U-20 Jahon chempionatida 7-oʻrinni egalladi. Oradan 1 yil oʻtib, 2009 yilda Elmar Gasimov Ozarbayjonda mashhur sportchi boʻlib tanildi. Armaniston poytaxti Yerevanda oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi, Yerevanda uning sharafiga Ozarbayjon Davlat madhiyasi yangradi.
Elmar Gasimov 2015-yilda Tbilisi va Samsun Gran-prisida oltin, Sindao, Jeju va Tokio Gran-prisida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili u 1-Yevropa oʻyinlarida Ozarbayjon sharafini himoya qilgan. Ushbu musobaqalarning ochilish marosimida Gasimov Ozarbayjon bayroqdori boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 „Elmar Gasimov“. Rio2016.com. Rio 2016 Organising Committee for the Olympic and Paralympic Games. 2016-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Evans, Hilary; Gjerde, Arild; Heijmans, Jeroen; Mallon, Bill „Elmar Qasımov“. Olympics at Sports-Reference.com. Sports Reference LLC. 2016-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- 1 2 Elmar Gasimov. JudoInside.com
- 1 2 „Elmar Gasimov: Focus is everything“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2020-yil 30-may.
- ↑ „European Championships Chelyabinsk, Event, JudoInside“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2020-yil 31-may.
- ↑ „European Games Minsk, Event, JudoInside“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2020-yil 31-may.
- ↑ Azimov, Rustam „Чемпион Европы по дзюдо: "Мы смогли поднять Ереван ради азербайджанского гимна"“. www.1news.az (2009-yil 15-sentyabr). 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-iyun.
- ↑ „Откровения азербайджанского журналиста о поездке в Ереван“. www.trend.az (2009-yil 17-sentyabr).
- ↑ „Jorge Fonseca stars for Portugal with first ever world title“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2020-yil 30-may.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Elmar Gasimov“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- Elmar Xalqaro dzyudo federatsiyasida
- Gasimov JudoInside.com da
- Gasimov Olympics.com
- Gasimov Boku 2015 Yevropa o'yinlarida
- Elmar Instagram sahifasi