Elmar Aminov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aminov Elmar Aminovich
oʻzbekcha: Аминов Эльмар Аминович
Fayl:Elmar Aminov.jpg
 1-Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti
Mansab davri
1991-yil – 1995-yilgacha
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Zokir Almatov
 OʻzSSR futbol federatsiyasi prezidenti
Mansab davri
1956-yil – 1966-yilgacha
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi ?
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 23-yanvar 1932-yil (1932-01-23) (92 yosh)
Fargʻona
Mukofotlari Xalqlar doʻstligi ordeni

Aminov Elmar Aminovich (oʻzbekcha: Аминов Эльмар Аминович; 1932-yil 23-yanvar, Qoʻqon, Fargʻona viloyati, OʻzSSR, SSRI) — Oʻzbekiston sport va jamoat arbobi[1][2][3].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1932-yil 23-yanvarda Qoʻqon shahrida tugʻilgan.
  • Sankt-Peterburg jismoniy tarbiya institutida talabalik davrida shaybali xokkey oʻynab, sportning shu turidan sport ustasi boʻlgan.
  • 1956-yilda „Paxtakor“ futbol klubi boshligʻi va ayni paytda futbol federatsiyasi prezidenti etib tayinlangan.
  • 1966-1971 yillarda OʻzSSR Davlat sport qoʻmitasining raisi sifatida ishlagan. U Davlat sport qoʻmitasiga rahbarlik qilgan davrda respublikada futbol oʻyini, ayniqsa, Toshkentning „Paxtakor“ jamoasini oliy ligadagi ishtiroki gʻoyat ommaviy qiziqish uygʻotgan edi. Gennadiy Krasnitskiy, Yuriy Pshenichnikov, Birodar Abduraimov va boshqa futbolchilar bu sportning mohir ustalari boʻlib etishib, Sobiq Ittifoq terma jamoasi tarkibida ishtirok etishdi.
  • 1971-yildan Sovet Ittifoqi Davlat sport qoʻmitasida masʻul lavozimlarda ishlagan.
  • 1991-yilda mustaqil Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi tashkil etilgach, ushbu federatsiya prezidenti etib saylandi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Пахтакор“ и моя жизнь. Не вся" kitobining muallifi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]