Ellen van Langen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ellen Gezina Mariya van Langen (1966-yil 9-fevralda tugʻilgan) – niderlandiyalik sobiq oʻrta masofaga yuguruvchi sportchi. Ellen van Langen 1992-yilda ayollar oʻrtasida 800 metrga yugurish boʻyicha Olimpiada oʻyinlari chempioni boʻlgan. Hozirda Ellen van Langen FBK oʻyinlari direktori hisoblanadi[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Van Langen Niderlandiyaning Oldenzaal shahrida tugʻilgan. U yugurishni boshlashdan oldin futbol oʻynagan. Ellen van Langen 20 yoshida yugurish bilan jiddiy shugʻullana boshladi. 1989-yilda Ellen van Langen 800 metrga yugurish boʻyicha toʻrtta milliy chempionatda qatnashdi. U 1:59,82 natija bilan Butunjahon talabalar oʻyinlarida (Universiada) Ana Kirodan (Kuba) keyin kumush medalni qoʻlga kiritdi. 1990-yilda Spltdagi Yevropa chempionati finalida u Gollandiya milliy rekordi 1:57,57 bilan toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Yevropa chempionati finalida Ellen van Langen Sharqiy Germaniya sportchilari Sigrun Wodars (oltin), Cristin Vaxtel (kumush) va Liliya Nurutdinovadan (bronza) ortda qoldi.

1991-yilda Tokiodagi jahon chempionatida Ellen van Langen qizgʻin bahslarda magʻlub boʻldi. Keyingi yili, Barselonadagi 1992- yilgi Olimpiada oʻyinlari oldidan u 28-iyun kuni Hengelo shahrida boʻlib oʻtgan Fanny Blankers-Koen oʻyinlarida Tokio oltin medali sovrindori Liliya Nurutdinovani 1:56,66 hisobida magʻlub etdi[2].

1992-yilda Barselonada boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida Van Langen 800 metrga 1:55,54 natija bilan Olimpiada chempionligini qoʻlga kiritdi. Bu natija Gollandiya milliy rekordi ham hisoblanadi.

1992-yil Ellen van Langenning eng yaxshi yili boʻldi. U 800 m ga yugurish musabaqalarining 11 tasidan 10 tasida gʻalaba qozondi. Olimpiada gʻalabasidan soʻng u turli jarohatlar bilan azoblandi. Ellen van Langenning 1992-yildan keyingi eng yaxshi natijasi 1995-yilda Goteborgda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 6-oʻrinni egallashi boʻldi. Davom etayotgan jarohatlar unga 1996-yilgi Olimpiada chempionligini himoya qilishga xalaqit berdi[3]. U 1998-yilda sportni tark etdi[4][5].

Keyinchalik Van Langen oʻzining muvaffaqiyati sirini tushuntirdi:"Men taktikada ham yaxshi edim, atrofimga qarardim va toʻgʻri qaror qabul qilardim"[6].

Ellen van Langen Amsterdam universitetida iqtisod boʻyicha ilmiy darajaga ega va hozirda Global Sports Communication kompaniyasida tadbir menejeri sifatida ishlaydi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Nadine Visser treft Europees kampioene op 100m horden bij FBK Games“ (nl-NL). NH Nieuws. Qaraldi: 2018-yil 25-aprel.
  2. „Ellen van Langen“ (en). athletics-heroes.net. Qaraldi: 2018-yil 6-mart.
  3. „Ellen van Langen“ (en). athletics-heroes.net. Qaraldi: 2018-yil 6-mart.
  4. „Portret Ellen van Langen“ (nl). sportkroniek.nl (2008-yil 25-iyun). 2012-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-mart.
  5. „Van Langen able to "die" best for Olympic gold“ (en). Xinhua (2002-yil 10-iyul). 2018-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-mart.
  6. „Van Langen able to "die" best for Olympic gold“ (en). Xinhua (2002-yil 10-iyul). 2018-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-mart.
  7. „Van Langen able to "die" best for Olympic gold“ (en). Xinhua (2002-yil 10-iyul). 2018-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-mart.